16:05 / 29.06.2020
11 822

Koreys ayollarining go‘zal va yosh ko‘rinish siri nimada?

Koreys ayollarining go‘zal va yosh ko‘rinish siri nimada?
Foto: Channel-Korea
Koreys millatiga mansub ayol-qizlar hamisha yosh va tiniq yuz sohibasi ekani bilan e’tirof etiladi. Ularning go‘zallik siri nimada? Quyida ushbu savolga javob beramiz.

Mavsum va faslga xos parvarish
Aksariyat qiz va ayollar qanday fasl bo‘lishidan qat’i nazar, bir xil kosmetik vositadan foydalanaveradi. Koreyslar bo‘lsa bu borada to‘g‘ri yo‘l tutib qishda terini namlantirishga, yozda bo‘lsa quyosh nurlaridan saqlanishga e’tibor qaratib kosmetik vosita tanlaydi.

Ichki go‘zallik
Koreys qizlari faqat tashqi ko‘rinishiga e’tibor berish bilan cheklanmasdan, go‘zal bo‘lish uchun ichki salomatlik muhim ekaniga e’tibor qaratadi va sog‘lom ovqatlanish, vitamin va minerallarni muntazam iste’mol qilishni kanda qilmaydi. Ko‘proq meva va sabzavot iste’mol qilish, sport bilan shug‘ullanish va vitaminlar haqida unutmaslik ushbu millat vakillarining go‘zallik siri hisoblanadi.

Go‘zallikning 4/2/4 tizimi
Koreys qiz va ayollar 4 daqiqa yuzini kosmetik vositalardan tozalab, 2 daqiqa ko‘pikli vosita bilan va yana 4 daqiqa ichida birinchi issiq keyin bo‘lsa sovuq suv bilan yuvadi. Jarayonning kontrast suv bilan yakunlanishi yuzning tiniq va sog‘lom ko‘rinishiga olib keladi.

Yuz uchun yoga
Yuz yogasi — sodda qilib aytganda yuzni uqalash va mashqlar bajarish demak. Yuz mushaklari uqalash davomida tetiklashadi, yuzda qon yaxshi aylanib, teri ko‘rinishi va rangida o‘zgarish kuzatiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Koreys ayollarining go‘zal va yosh ko‘rinish siri nimada?