20:13 / 12.07.2020
3 448

Hamma gap puldami? Pul bo‘lmasa-chi?

Hamma gap puldami? Pul bo‘lmasa-chi?
Foto: bbc.com
Hamma gap puldami? Pul bo‘lmasa-chi? - Yiliga $75000 dollar ishlasangiz, hayotingiz, umringizdan rozi bo‘lasizmi? Qancha pulingiz bo‘lsa, o‘zingizni dunyodagi eng baxtli inson, deb hisoblaysiz? Olimlar esa, javobini topishibdi...

"Baxtni pulga sotib olib bo‘lmaydi" yoki "Baxt pulga sotilmaydi", degan qarash o‘zbeklar orasida ham keng tarqalgan.
Amerikalik qator tadqiqot mualliflari esa, bugun butkul boshqacha fikr va xulosada.

Ularning aytishlaricha, pulingiz qancha ko‘paysa, o‘zingizni shuncha baxtli, baxtiyorroq his qilib boraverasiz.
2010 yilgi boshqa bir tadqiqotda esa, inson yiliga $75000 dollar topishni boshlasa bas, hayotidan qoniqish hosil qiladi-qo‘yadi, degan xulosaga kelingan.

Ammo, yangi tadqiqot mualliflariga ko‘ra, baxtlilik, baxtiyorlik masalasida topgan pulingizning chek-chegarasi yo‘q.
Olimlarning ilmiy ishlari shu kunlarda Amerika psixologlar uyushmasining jurnalida chop qilingan.

Unda mualliflar o‘z xulosalari kamida aholining muayyan qatlami uchun rad etib bo‘lmaydigan haqiqat ekanini da’vo qilishgan.
Tadqiqot mualliflaridan biri bo‘lgan psixolog Jin Tvenj San-Diyego universitetida ishlaydi.

U The Conversation saytida o‘zining bu boradagi fikrlari bilan o‘rtoqlashgan. Ma’lum bo‘lishicha, hozirgi ahvol avvalgisidan ko‘ra farqli. Ya’ni, bugun odamlardagi baxtlilik, baxtiyorlik hissi, tuyg‘usi ko‘proq topayotgan puli, qilayotgan daromadiga bog‘liq.

Agar, tadqiqot xulosasiga tayanilsa, hozir pulga ko‘proq baxt sotib olish mumkin.
Olimlar bu kabi xulosaga kelish uchun yoshi 30 dan katta bo‘lgan 40 ming amerikalikning fikri, qarashini o‘rganishgan.

Manba: bbc.com

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Hamma gap puldami? Pul bo‘lmasa-chi?