
Biz bilamizki, ko‘plab psixologik testlar inson qanday ekanligini bilishda yordam beradi. Quyida ko‘rib turganingizdek 2 ta rasm joylangan. Dastlab rasmga qarang, so‘ngra birinchi bo‘lib qaysi hayvonni ko‘rganingiz orqali o‘zingiz haqida qisqacha ma’lumotga ega bo‘ling.
1-rasm

O‘rdak. Siz o‘ta hissiyotlarga boy insonsiz. Kayfiyatingiz o‘zgaruvchan. Qaror qabul qilishda o‘ta keskinsiz.
Quyon. Siz qilgan o‘z xatti-harakatlaringizni tahlil qilishga moyil insonsiz. Odatda mantiq hayotingizda birinchi o‘rinda turadi. Lekin bu siz sovuqqon hamda befarq insonsiz degani emas, albatta.
2-rasm

Timsoh. Siz doimo vaziyatni nazoratga olib, javobgarlikni o‘z bo‘yningizga olasiz. Odatda barcha narsani bosiqlik hamda xotirjamlik bilan hal etishga intilasiz.
Qush. Siz xayollar og‘ushida suzib yurishga moyil insonsiz. Ba’zan tortishuv paytida boshqalarga yon berib, murosa qilishga harakat qilasiz. Siz ochiqko‘ngil va beg‘ubor insonsiz. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar