07:27 / 29.07.2020
4 310

Yuzdagi dog’larni ketkazishda eng samarali niqob bu - yogurtli niqob ekanligidan xabardormisiz?

Yuzdagi dog’larni ketkazishda eng samarali niqob bu - yogurtli niqob ekanligidan xabardormisiz?
Dunyodagi barcha yosh-u qari insonlar yogurtni sevib iste’mol qilsa kerak. Darhaqiqat, yogurt inson salomatligi uchun juda ham foydali mahsulot. Yogurt kalsiy, vitamin A, vitamin D, vitamin V5, vitamin V12 larga boydir.

Kosmetologlarning aytishicha, yogurt yuzdagi dog‘larni ketkazishda samarali natija berar ekan. Yogurtli niqobning yuz uchun bir qancha foydali xususiyatlari mavjud. Ular quyidagicha :

1.Yuzni namlantiradi
Yogurtli niqob doimiy ravishda yuzni namlantirib turishga xizmat qiladi.

2.Terini yorqinlashtiradi
Ushbu niqob teringizni jilovkor bo‘lishiga o‘z hissasini qo‘shishini mutaxassislar alohida ta’kidlab o‘tishdi.

3.Quyosh nuridan himoya qiladi
Tatqiqotchilarning fikricha, yogurtli niqob quyoshdan zarar ko‘rgan yuzdagi dog‘larni bartaraf qilishga yordam beradi.

4.Ajinlarni kamaytiradi
Yuzning elastikligini oshirgan holda, ajinlarni asta sekin yo‘qotib boradi.

5.Yuzdagi har xil infeksiyalarni da’volaydi
Yogurt teridagi infeksiyalarni da’volovchi mikrobial xususiyatga ega. Ammo shifokorning tavsiyasisiz jiddiy shikastlangan yuzlarga aslo qo‘llamang!

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Yuzdagi dog’larni ketkazishda eng samarali niqob bu - yogurtli niqob ekanligidan xabardormisiz?