07:30 / 02.08.2020
3 272

Baxtli nikoh qurishning TOP 10 siri

Baxtli nikoh qurishning TOP 10 siri
Biz bilamizki, nikoh bu Alloh taolo tomonidan berilgan eng ezgu tuhfadir. Nikoh qurish orqali sevishgan qalblar birlashadi va muqaddas atalmish oila qurishadi. Albatta barcha inson baxtli, saodatli, tinch va xotirjam oila bo‘lib yashashni xohlaydi.

Psixologlar tomonidan oila mustahkamligi uchun bir qancha foydali maslahatlar berib o‘tilgan. Ushbu maqolamizda sara TOP 10 sirlarini e’tiboringizga havola etamiz.

1. Er-xotin hech qachon bir vaqtning o‘zida bir biridan ranjimasligi kerak.
2. O‘tmishdagi xatolarni yuzga solmaslik.
3. Hech qachon bir biriga baqirib muomala qilmaslik.
4. Agar orangizdan biringiz muzokarada yutmoqchi bo‘lsangiz, keling, u inson sizning umr yo‘ldoshingiz bo‘lsin.
5. Agar siz tanqid qilmoqchi bo‘lsangiz, uni muloyimlik bilan ayting.
6. Dunyodan kechsangiz ham, aslo bir biringizdan voz kechmang.
7. Muammolaringizni hal qilmasdan turib, birga uxlamang.
8. Har kuni umr yo‘ldoshingizni xursand qiladigan aqalli bir shirin so‘z ayting.
9. Agar biror bir noto‘g‘ri ish qilib qo‘ysangiz, kechirim so‘rashdan aslo bosh tortmang.
10. Urush, janjal asosan 2 kishi bir biriga gap bermasligidan kelib chiqadi. Shu sababli ikkovingizdan biringiz sukut saqlang. Shunda yutasiz!

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Baxtli nikoh qurishning TOP 10 siri