Chiroyda tengsiz hisoblangan fransuz ayollari teri parvarishiga alohida e’tibor qaratadi. Har bir faslda qonun-qoidalarga amal qilgani uchun uzoq vaqt davomida jozibadorlikni saqlab qoladi. Yaxshisi, ular oltin qoida deb bilgan oddiygina tavsiyalarni siz ham o‘zingizda sinab ko‘ring.
Foto: louisefollain
Quyoshdan himoyalaning
Mashhur model Sindi Bruna hech qachon uyni quyosh nuridan himoyalanmasdan tark etmagan va boshqalarga ham «Buni odat qiling», deb maslahat beradi. Uning hamkasbi Luiza Follen esa yoz faslining boshida quyoshdan himoyalovchi SPF50’ni qo‘llasa, oxiriga borib SPF30’dan foydalanishni afzal deb biladi.
Sovuq suvdan foydalaning
Nafaqat uyqudan uyg‘onganda, balki charchoqni his etganda ham sovuq suv bilan yuzni yuvish insonni ancha tetiklashtiradi. Suvning sovuqligi hisobiga taranglashgan yuz terisida pardoz ham ko‘ngildagidek chiqadi. Siz ham ushbu qoidaga bor-yo‘g‘i bir daqiqa vaqt ajrating.
Foto: louisefollain
Namlantiruvchi vositalarni qo‘llang
Quyosh nuri ta’sirida odatda terining suvsizlanishi vujudga keladi. Shuning uchun darhol namlantiruvchi kremlardan qo‘llash lozim. Fransuz ayollari Avene, Bioderma, la Roche-Posay brendi ostida ishlab chiqarilgan namlantiruvchi mahsulotlarni xush ko‘radi. Eng asosiysi, ushbu vositalarni chiroyli terining kaliti, deb biladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Qirg‘iziston budjetiga korrupsionerlardan misli ko‘rilmagan miqdorda mablag‘ qaytarildi
Isroillik ravvinni o‘ldirishda gumonlangan uch kishi ushlandi
Putinning yadroviy ogohlantirishi — "Oreshnik" nimalarga qodir?
Mashhur kosmetolog Krishtianu Ronalduni sudga berdi
Ukrainada Tramp nomzodi tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga taklif qilindi
BAAda isroillik rohibning o‘limida gumonlanayotgan o‘zbekistonliklar ushlandi