Ayrim oziq-ovqat mahsulotlari immunitetni pasaytirishi mumkin. Bu haqda parhezshunos va dermatokosmetolog Irina Lizun ma’lum qildi.
Foto: Pixabay
Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, inson immunitetining asosiy dushmanlaridan biri — shakar va transyog‘lardir.
«Shakarni keragidan ortiq iste’mol qilish mikroflorani o‘zgartirishi mumkin, axir u organizmning immun reaksiyalarini bog‘lab turadi. Transyog‘lar, masalan, mahsulotlarni bitta yog‘da bir necha marta qovurganda, o‘simlik yog‘lari hayvon yog‘iga o‘xshash bir narsaga aylanganida paydo bo‘ladi. Masalan, margarin sariyog‘ga o‘xshaydi. Transyog‘lar yarim tayyor mahsulotlarda ko‘p, ular immunitet funksiyasiga salbiy ta’sir qiladi», — deya izoh berdi shifokor.
Bundan tashqari, ta’m kuchaytirgichlar, ta’m va rang beruvchilar immunitet tizimi uchun foydasizdir.
«Oziq-ovqat mahsulotidagi rang beruvchining o‘zi salbiy ta’sir ko‘rsatolmaydi. Ammo odam ovqatni doim rang beruvchilar, ta’m beruvchilar bilan iste’mol qilsa, ularning umumiy ta’siri salbiy bo‘lishi mumkin», — deb ogohlantirdi diyetolog.
Shuningdek, yog‘lar va uglevodlarga boy bir xil taomlar ham immunitet uchun xavflidir.
«Eng katta minus — bu bo‘sh kaloriyali oziq-ovqat. Biz odatiy tabiiy ovqatlarni turli xil ko‘rinishda iste’mol qilsak, o‘z-o‘zidan biz immunitet tizimimiz uchun zarur bo‘lgan vitaminlar, mikroelementlar, antioksidantlar, moddalarning barcha turlarini olamiz. Agar odamning kunlik taomnomasida faqat kartoshka, makaron, go‘sht va bodring bo‘lsa, avtomatik ravishda vitaminlar, mikroelementlar va antioksidantlar yetishmasligi vujudga keladi. Xuddi shu holat fastfudda ham ro‘y beradi. Har qanday yetishmovchilik immunitet tizimi uchun tahlikali bo‘ladi», — dedi Lizun.
Xulosa tariqasida, diyetolog taomnomadan fastfud va yarim tayyor mahsulotlarni chiqarib tashlashga chaqirdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Qirg‘iziston budjetiga korrupsionerlardan misli ko‘rilmagan miqdorda mablag‘ qaytarildi
Isroillik ravvinni o‘ldirishda gumonlangan uch kishi ushlandi
Putinning yadroviy ogohlantirishi — "Oreshnik" nimalarga qodir?
Mashhur kosmetolog Krishtianu Ronalduni sudga berdi
Ukrainada Tramp nomzodi tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga taklif qilindi
BAAda isroillik rohibning o‘limida gumonlanayotgan o‘zbekistonliklar ushlandi