09:53 / 13.09.2020
2 440

Uzoq va mustahkam munosabatlar siri nimada? Mashhur juftliklardan maslahatlar

Uzoq va mustahkam munosabatlar siri nimada? Mashhur juftliklardan maslahatlar
Shou-biznes vakillarining turmushi o‘xshamaydi, ular uzoq munosabatda bo‘lolmaydi, degan o‘y xayollar hamisha ham to‘g‘ri emas. Turmush o‘rtog‘i va farzandlari bilan baxtli hayot kechirib kelayotgan mashhurlar buning isboti.

Jessika Bil va Jastin Timberleyk

Foto: Cosmopolitan
2007 yilda uchrashishni boshlagan va 2012 yilda turmush qurgan Jessika Bil va Jastin Timberleykning bir qiz farzandi bor. Bil turmushda, juftini baxtli qilishga harakat qilish, tushunish va qo‘llab-quvvatlash kerakligini ta’kidlaydi.

Tom Xenks va Rita Uilson – 35 yil birga

Foto: Cosmopolitan
1985 yilda tanishgan Xenks va Uilson 1988 yilda turmush qurgan, ikki farzandi bor. Saraton kasalligini boshidan o‘tkazgan Rita, qiyin vaziyatda juftingning senga qanday munosabatda bo‘lishini bilib bo‘lmasligini aytib, kasalligida hamisha yonida bo‘lgan Tomdan minnatdor ekanligini ta’kidlaydi.

Denzel va Pauletta Vashington — 40 yil birga

Foto: Cosmopolitan
1980 yilda uchrashishni boshlagan juftlik ikki yildan keyin oila qurgan. Vashingtonlarning to‘rt nafar farzandi bor. Aktyorning ta’kidlashiga qaraganda, oilada ham ishda ham eng asosiysi ruhiy yaqinlik va bir-birini tushunish hisoblanadi.

Sara Jessika Parker va Mettyu Broderik — 25 yil birga

Foto: Cosmopolitan
1995 yilda tanishgan juftlik oradan ikki yil o‘tib oila qurgan. Ular surrogat ona tomonidan dunyoga keltirilgan egizak qizlarning ota-onasi. Aktrisa turmush o‘rtog‘i bilan birga muntazam ravishda uchrashuvga chiqadi va orada tanaffus e’lon qilib turish ham kerak deb hisoblaydi. Juftlik har kuni bir-birining qandaydir yangi tomonini kashf qiladi. Broderikning ta’kidlashiga qaraganda, nima bo‘lishidan qat’i nazar juftlik gaplashishda davom etishi va do‘st bo‘lishi kerak.

Meril Strip va Don Gammer — 42 yil birga

Foto: Cosmopolitan
1978 yilda turmush qurgan juftlikning to‘rt farzandi bor. Aktrisa ularning baxtiyor turmushi siri bir-birga yaxshilik ravo ko‘rish, yon bosa bilish va kezi kelganda jim turishni bilishda deb hisoblaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Uzoq va mustahkam munosabatlar siri nimada? Mashhur juftliklardan maslahatlar