Foto: Getty Images
Ko‘pchilik ayollar uy tozalashni zerikarli va ko‘p vaqt oladigan mashg‘ulot deb hisoblaydi. Biroq ba’zi usullar borki, ular ushbu jarayonni ancha yengillashtiradi. Uy tozalashda asqatadigan bunday usullarning bir nechtasini quyida o‘qishingiz mumkin.
Blenderni tozalash uchun…
Blenderga iliq suv solib, bir necha tomchi suyuq sovun tomizing. So‘ng blenderni bir necha daqiqaga yoqib qo‘ying. Uni o‘chirgach taom yuqini osongina ketkazish mumkin bo‘ladi.
Gilamdagi kir dog‘ini ketkazish uchun…
Osh sodasini biroz suv bilan aralashtirib, pasta hosil qiling va uni gilamning kirlangan joyiga surting. Kechasi bilan shu holda qoldirib, ertasi kuni changyutgich bilan tozalab olishingiz mumkin.
Yana bir usul gilamdagi dog‘ga suv (2/3) va sirka (1/3) aralashmasini surtishdan iborat. So‘ng o‘sha joyni ho‘l latta bilan yopib, ustidan dazmol yurg‘izing.
Charmdan ishlangan jihoz eskirib qolgan bo‘lsa…
Uni poyabzal uchun mo‘ljallangan oddiy krem yordamida ishqalab artib chiqing. Shilinish va tirnalishdan hosil bo‘lgan izlar shu zahotiyoq yo‘qoladi.
Ko‘rpa-to‘shaklarni tozalash uchun…
Purkagichi bor idishga biroz aroq soling va uni to‘shakning butun yuzasiga sepib chiqing. To‘shakni ochiq havoda quriting. Aroq yoqimsiz hid taratadigan barcha bakteriyalarni o‘ldiradi.
Idish-tovoq yuvuvchi gubkani tozalash uchun…
Gubkani mikroto‘lqinli pechga bir necha daqiqaga qo‘yib oling. Bu zararli bakteriyalarning taxminan 99 foizini qirishga yordam beradi.
Yog‘li dog‘ni ketkazish uchun…
Kiyimingizga yog‘ tomsa, o‘sha joyga oddiy oq bo‘rdan suring. Bo‘r izini nam latta bilan artib tashlang.
Yumshoq mebelni tozalash uchun…
Divan yuzasiga spirtli aralashmani seping va yumshoq gubka bilan artib chiqing. Shundan so‘ng qolgan kirni ketkazish uchun qattiq cho‘tkadan foydalaning.
Duxovka ifloslansa…
Yoyiqroq idishga yarim stakan ammiak solib, sovuq pechda bir kechaga qoldiring. Ertasi kuni pechni osongina tozalab olishingiz mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Olimlar qahvaning ichakdagi bakteriyalar tarkibiga ta’sirini aniqladi
Superliga. 2025 yilgi mavsum qachon start olishi ma’lum qilindi
AQSH Yaponiyaga HIMARS tizimlarini joylashtiradi
Finlandiyada omon qolish kurslariga yozilayotgan ayollar soni keskin oshdi
Filippin poytaxtida boshlangan yong‘inda mingga yaqin uylar yonib ketdi
Qalbaki 1 400 AQSH dollarini bankomatdan so‘mga almashtirib olgan shaxslar ushlandi