22:30 / 26.09.2020
3 155

Pul tejash tavsiya qilinmaydigan mahsulotlar

Pul tejash tavsiya qilinmaydigan mahsulotlar
Foto: Getty Images
Sifat va xavfsizlik uchun hamisha ko‘proq pul sarflash kerak bo‘ladi. Iste’mol mahsulotlari uchun pul tejash oqibatida ortiqcha mablag‘ni davolanishga sarflashga to‘g‘ri keladi.

Desert va shirinliklar
Novvoyxona va shirinliklarning ko‘pligi ishlab chiqaruvchilar mahsulotlari narxlarini pasaytirishiga sabab bo‘lgan. Belgilangan mahsulotga muvofiq ravishda esa hayvon suti va qaymoq o‘rniga o‘simlik yog‘i, sariyog‘ o‘rniga esa arzon margarin ishlatiladi. Sifatli mahsulotdan tayyorlanmagan bunday shirinlikni iste’mol qilish esa oshqozon-ichak tizimini ishdan chiqarishi, teri va metabolizmga salbiy ta’sir qilishi mumkin.

Shokolad
Sifatli shokolad yurak-qon tomirlari uchun foydali hisoblanadi. Buning uchun shokolad tarkibida kakao 70 foizdan kam bo‘lmaganini iste’mol qilish kerak. Arzon «plitka»larga o‘simlik yog‘i qo‘shilgan bo‘ladi va ular salomatlik uchun foydali bo‘lmaydi.

Yarimtayyor mahsulotlar
Yarimtayyor mahsulotlarni xarid qilishdan avval yorlig‘ini diqqat bilan o‘qish kerak bo‘ladi. Arzon yarimtayyor mahsulotlar tarkibida, asosan, ta’m beradigan, shishiradigan qo‘shimchalar qo‘shilgan bo‘ladi. Agarda tovuq filesidan tayyorlangan kotlet narxi tovuq filesidan arzonroq bo‘lsa, unda kotletga boshqa zararli qo‘shimchalar qo‘shilgan bo‘lishi mumkin.

Pishloq
Ba’zi pishloq mahsulotlari ko‘rinishi sariq, ammo haqiqiy pishloqdan ancha arzonroq bo‘ladi va bu bejizga emas. Arzon analog mahsulotda o‘simlik yog‘i, kraxmal bo‘ladi pishloq singari oqsil, fosfor va kalsiy bo‘lmaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Pul tejash tavsiya qilinmaydigan mahsulotlar