3 535
Koronavirus parhezi: kasallikka chalinganda voz kechish kerak bo‘lgan 6 ta mahsulot
Foto: «Domashniy ochag»
Organizm oddiy shamollash yoki COVID-19 bilan kurash olib borayotganda, eng avvalo, kuchga muhtoj bo‘ladi. Aynan shunday paytda to‘g‘ri va sog‘lom ovqatlanish juda muhimdir. Sababi iste’mol qilinayotgan har bir mahsulot «kurash»da katta rol o‘ynaydi. Agar kasallik alomati sezila boshlansa, quyidagi 6 mahsulotni ratsiondan chiqarish tavsiya etiladi.
Apelsin sharbati
Agar kasallik yo‘tal yoki shamollash bilan kechadigan bo‘lsa, apelsin, mandarin yoki ulardan tayyorlanadigan sharbatni ichishni to‘xtatgan ma’qul. Sababi ushbu mevalar tarkibida limon kislotasi ko‘p bo‘lib, u yallig‘langan tomoqning shilliq qavatiga zarar yetkazishi va tiklanishiga to‘sqinlik qilishi mumkin.
Shirinliklar
Ayniqsa, kasallangan paytda organizm shirinlik talab qiladi, go‘yoki undan kasallikka qarshi kurashda energiya oladigandek tuyuladi. Aslida esa bunday emas, tarkibida shakar bo‘lgan biror shirinlik iste’mol qilinsa, immunitet susayadi va kasallik qaytalanishi holati kuzatiladi. Undan ko‘ra, shirinliklar o‘rniga shakarsiz qora shokolad iste’mol qilish tavsiya etiladi, buning uchun tana egasidan, albatta, minnatdor bo‘ladi.
Kofeinli gazlangan ichimliklar
Shirin ta’mga ega gazlangan ichimliklarni ratsiondan umuman chiqarib tashlagan ma’qul. Ular, avvalo, yurak-qon tomir tizimiga zarar yetkazadi. Modda almashinuvini buzadi va hatto saraton xavfini ham oshiradi. Ayniqsa, kasal bo‘lganda organizm uchun ikki marotaba zarar, kofein tanani suvsizlantiradi, shakar esa immunitetni tushiradi.
Spirtli ichimliklar
Har qanday kasallikka chalingan yoki, umuman, sog‘lom insonga ham spirtli ichimlikning turgan-bitgani zahar. Birinchidan, tanani suvsizlantiradi. Ikkinchidan, oshqozon-ichak yo‘li bilan bog‘liq har qanday muammolarni kuchaytirishi mumkin. Agar ich qotishi yoki diareya kuzatilayotgan bo‘lsa, spirtli ichimliklar qabul qilishni bas qilish kerak.
Fast-fud
Bonn universitetining tadqiqotchilari shuni ma’lum qildiki, fast-fud taomlar organizmni kuchsizlantirib, unga turli xil kasalliklar yuklanishiga sabab bo‘lar ekan. Shuning uchun ham bu kabi tezpishar yeguliklardan nafaqat kasallangan vaqtda, balki sog‘lom paytdayoq voz kechish kerak.
Achchiq taomlar
Agar shamollash burun va tomoq sohalarida sezila boshlansa, buning uchun achchiq taomlar iste’molini darhol to‘xtatish kerak. Har qanday achchiq taomlar burun va tomoq shilliq qavatiga zarar yetkazadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Tayvanning sobiq prezidenti Ukraina borasida kutilmagan bayonot berdi
Shavkat Mirziyoyevga avtomobil sanoatidagi rejalar haqida axborot berildi
Rossiya armiyasining «Janub» qo‘shinlar guruhi qo‘mondoni lavozimidan chetlatildi
Britaniya qirollik oilasining kamtarona hayot kechiradigan a’zolari
Isroilning Iordaniyadagi elchixonasi yonida otishma yuz berdi
Qalbaki 1 400 AQSH dollarini bankomatdan so‘mga almashtirib olgan shaxslar ushlandi