Foto: «pampushok.ru»
Qovoq mavsumiy mahsulot hisoblanib, kuz fasli kelishi bilan do‘kon rastalarida ko‘paya boshlaydi. Qovoqning foydali xususiyatlari sizga ma’lummi? Qovoq mahsuloti ozuqaviy qiymatdan tashqari ko‘plab qimmatli mikroelementlarni o‘z ichiga oladi va butun tanaga ijobiy ta’sir o‘tkazadi. Bundan tashqari, nafaqat qovoqning go‘shtli joyi va sharbati, balki urug‘lari ham foydali xususiyatga ega.
Energiya qiymati va tarkibi
Birinchidan, qovoq – vitaminlar manbayi. Uning tarkibida A, C, E, K, T, PP, shuningdek, hazm qilishni yaxshilaydigan va immunitetni mustahkamlaydigan B1, B2, B5 va B6 vitaminlari mavjud.
Qovoq tarkibida juda ko‘p miqdorda qimmatbaho tolalar, karotin va pektin moddalari, shuningdek, turli xil organlar va tizimlarning salomatligini ta’minlaydigan minerallar – kaliy, kalsiy, magniy, rux, mis, temir va fosfor kabi moddalar mavjud. Shuning uchun ham qovoqning organizm uchun foydasidan shubha qilishning keragi yo‘q.
Bundan tashqari, qovoq past kaloriyali mahsulot bo‘lib, uning 100 grammida taxminan 25 kkal, 1 gr oqsil, 0,1 gr yog‘, 4,4 gr uglevod va suv mavjud.
Qovoqning foydali xususiyatlari
Vazn tashlashga yordam beradi
Endi avvalgi parhezlar ahamiyatga ega emas, aksincha sog‘lom oziq-ovqat tufayli kuch sarflamasdan ham vazn tashlash mumkin. Masalan, qovoq yordamida, u tolaga boy bo‘lib, u insonni tez to‘ydiradi uzoq vaqt mobaynida to‘qlik hisi tark etmaydi. Shuningdek, yuqorida ta’kidlanganidek, mahsulotda kaloriya miqdori past – 100 gramm qovoqda 25 gr kkal. Qovoqdagi kaliy tuzlari tanadan ortiqcha suyuqlikni olib tashlashga yordam beradi, bu esa vazn kamayishiga olib keladi.
Ko‘rish qobiliyatini yaxshilaydi
Qovoq tarkibida beta-karotin mavjud bo‘lib, u organizmdagi A vitaminiga aylanadi va aynan ko‘rish qobiliyatini yaxshilaydi, shuningdek, yorug‘likni yaxshiroq qabul qilishga yordam beradi. Shuni ta’kidlash kerakki, uning miqdori oshqovoqda sabzi bilan solishtirganda 5 baravar ko‘p. Ayniqsa, kataraktaning oldini olishda qovoq mahsuloti samarali hisoblanadi.
Terining yorilishi va ajin tushishidan himoya qiladi
Qovoq karotenoidlarga boy bo‘lib, ular nafaqat ko‘rish qobiliyatini qo‘llab-quvvatlaydi, balki saraton hujayralarining rivojlanishiga ham to‘sqinlik qiladi. Shuningdek, E vitamin terini zararli ta’sirdan himoya qiladi, yallig‘lanishni kamaytiradi va erta qarishning oldini oladigan antioksidantlar vazifasini bajaradi.
Kayfiyatni yaxshilaydi va immunitetni mustahkamlaydi
Oshqovoq takibidagi C vitamin serotonin gormonini ishlab chiqarishni rivojlantiradi va immunitetni mustahkamlashga yordam beradi. Ayniqsa, shamollashning oldini olish uchun foydali, chunki A vitamin yallig‘lanish hamda infeksiyaga qarshi kurashadi.
Qovoq sharbati
Qovoq sharbati mevali sharbatlardan farqli o‘laroq deyarli tarkibida shakari bo‘lmaydi va mahsulotning barcha xususiyatlarini o‘zida saqlab qoladi.
Qovoq urug‘i
Qovoq urug‘i yurakdagi muammolarni davolovchi ta’sirga ega, u qon bosimini pasaytiradi va qondagi qand miqdorini tartibga solishga yordam beradi. Bunga asosan, fitosterollar, magniy, yog‘ kislotalari, fermentlar va azot oksidi sabab bo‘ladi. Bundan tashqari, qon tomirlarini kengaytiradi va qon aylanishini yaxshilaydi. Oshqovoq tanadagi toksinlarni olib tashlaydi, gemoglobin miqdorini oshiradi, modda almashinuv jarayonini yaxshilab, yurak faoliyatini normallashtiradi.
Tibbiyotda qo‘llanilishi
Qovoq dorivor mahsulotlar ichida birinchi o‘ringa loyiqdir. Qovoqning go‘shtli joyi astma, kamqonlik, varikoz tomirlari, pnevmoniya va shamollashni davolashda qo‘l keladi.
Shifokorlar erkaklarga oshqovoq urug‘ini quvvatni oshirish, salohiyatni yaxshilash va prostata bezlarini davolashda maslahat beradi.
Qovoq urug‘i yog‘i ham alohida maqtovga sazovordir. Uning tarkibida omega-3 yog‘ kislotalari, kaliy, kalsiy, magniy va temir ko‘p bo‘lib, bir qancha jiddiy kasalliklarning oldini olishda samarali hisoblanadi.
Zararlari
Qovoq bir qancha foydalaridan tashqari ayrim kimsalarning iste’mol qilishi taqiqlanadi. Masalan, oshqozon yarasi, kislotaliligi past gastrit yoki qand kasaliga chalingan bemorlar ratsioniga qovoq mahsuloti kiritilishi mumkin emas. Shuning uchun shifokor ko‘rigidan o‘tib, maslahatlashish zarur.
Turlari
Qovoqning uchta navi bor: katta mevali, muskatli va qattiq po‘stloqli. Ular hajmi, shakli, rangi, shuningdek, go‘shtli joylarining zichligi va ta’mi bilan farq qiladi. Ovqat pishirish uchun eng yaxshisi muskat qovoq. Uning o‘lchami kichik, og‘irligi 2-2,5 kg. Po‘sti unchalik qalin emas, yoqimli yong‘oq ta’miga ega.
Qovoqni qanday tanlash va saqlash kerak?
Qovoq xarid qilinayotganda uning po‘stlog‘iga e’tibor berish zarur. Unda yoriqlar, pushti dog‘lar bo‘lmasligi kerak. Iloji boricha o‘rta kattalikdagi qovoqlarni tanlagan ma’qul. Juda kattasi qurib qolishi va ichidagi go‘shtli joyi achchiq chiqishi mumkin.
Qovoqlar quruq va qorong‘i joyda saqlanishi kerak. Agar qovoq kesilgan bo‘lsa, uni urug‘laridan tozalab, usti o‘ralgan holda muzlatkichga qo‘yilsa, uzoqroq vaqt turishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Olimlar qahvaning ichakdagi bakteriyalar tarkibiga ta’sirini aniqladi
Superliga. 2025 yilgi mavsum qachon start olishi ma’lum qilindi
AQSH Yaponiyaga HIMARS tizimlarini joylashtiradi
Finlandiyada omon qolish kurslariga yozilayotgan ayollar soni keskin oshdi
Filippin poytaxtida boshlangan yong‘inda mingga yaqin uylar yonib ketdi
Qalbaki 1 400 AQSH dollarini bankomatdan so‘mga almashtirib olgan shaxslar ushlandi