Foto: «Pikabu»
Taom sizni yashartirishi, chiroyli va sog‘lom ko‘rinishingizga sababchi bo‘ladi. Yoki aksincha, ratsioningizdagi mahsulotlar sizning yoshingizga nisbatan katta ko‘rinishingiz va salomatligingizda muammo keltirib chiqaradi.
Kartoshka fri
Qovurilgan yog‘ yangi va bundan avval ishlatilmagan bo‘lsagina, fri garnir uchun yaxshi variant. Umumiy ovqatlanish joylarida yog‘ bir necha marta ishlatiladi va buning oqibatida kartoshka fri transyog‘ va zararli moddalarga to‘la taomga aylanadi. Bu kabi mahsulotlarni qancha ko‘p yeyilsa, ikkinchi turdagi qandli diabet yoki infarkt bilan kasallanish xavfi shuncha yuqori bo‘ladi. Qovurilgan taom iste’mol qilmoqchi bo‘lganlarga esa yog‘dan qayta foydalanmaslik tavsiya qilinadi.
Konservalangan mahsulotlar
Konservalangan sabzavot yoki tayyor sho‘rva va bo‘tqalarni xarid qilishdan avval tarkibini yaxshilab ko‘zdan kechirish kerak, aksari hollarda bunday mahsulotlarga ko‘p miqdorda natriy qo‘shilgan bo‘ladi. Shifokorlar tuzning me’yordan ko‘p iste’mol qilinishi buyrak, jigar va yurak va qon-tomirlarda muammo keltirib chiqarishini ta’kidlaydi. Shuningdek, konservalangan ba’zi taomlar tarkibida transyog‘lar ko‘pligi va ular iste’molidan keyin organizmda «yomon» xolesterin ko‘payadi, insult yoki ikkinchi turdagi qandli diabetga chalinish xavfini oshiradi.
Tayyor shirinliklar
Keks, kruassan va boshqa shirinliklarni xarid qilishdan avval tarkibi bilan tanishib chiqing. Ayrim mahsulotlarning saqlash muddatini cho‘zish maqsadida ko‘pincha «yomon» xolesterinni ko‘payishiga olib keladigan transyog‘lar qo‘shiladi.
Qayta ishlangan go‘sht mahsulotlari
2019 yilda kolbasa, sosiska va boshqa qayta ishlangan go‘sht mahsulotlari JSST tomonidan rasman kanserogen mahsulot deb tan olindi. Ularni tayyorlashda xavfli konservantlar qo‘shilgani sabab iste’moli kolorektal saraton xavfini tug‘dirishi mumkin. Shuningdek, mazkur mahsulotlarda transyog‘, natriy va boshqa zararli qo‘shimchalar miqdori yuqori bo‘ladi.
Meva sharbati va smuzilar
2019 yilda o‘tkazilgan tadqiqotda har kuni ikki stakandan iste’mol qilingan meva sharbati yurak kasalliklari xavfini 150 foizga ko‘paytirishi aniqlangan. Gap shundaki, bunday sharbatlarda foydali kletchatkalar qolmaydi, lekin fruktoza mo‘l bo‘ladi.
Kofein
Choy, qahva kabi tarkibida kofein bo‘lgan ichimliklar salomatlik uchun foydali, metabolizmni yaxshilaydi, asab va yurak qon-tomir tizimini faol ishlashiga yordam beradi, ammo kofein miqdorining yuqori bo‘lishi organizmni suvsizlanishi va to‘qimalarning erta qarishiga olib keladi. Agar siz choy va qahva ichishni yoqtirsangiz, kun davomida yetarlicha suv ichishga ham e’tibor bering.
Grillda pishirilgan go‘sht
Kabob yoki grillda pishirilgan boshqa go‘sht mahsulotlarining olovdan kuygan qismi onkologlar fikricha, zararli moddalarga boy bo‘ladi. Shu sabab ham uning iste’molidan keyin yurak va buyrak salomatligida muammo kuzatilishi, terining elastikligi va ahvoli ham yomonlashishi mumkin. Salomatligingizga e’tiborli bo‘lish va xavfli kasalliklarning oldini olish uchun kabob yeyish davomida kuygan go‘sht bo‘lagini olib tashlashga odatlaning. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Qalbaki 1 400 AQSH dollarini bankomatdan so‘mga almashtirib olgan shaxslar ushlandi
Germaniya yil oxirigacha Ukrainaga yana ikkita IRIS-T havo mudofaa tizimini yetkazib beradi
Rossiya armiyasining «Janub» qo‘shinlar guruhi qo‘mondoni lavozimidan chetlatildi
Bir guruh fuqarolar xorijdagi xalqaro terrorchilik tashkiloti safiga qo‘shilmoqchi bo‘lgani aniqlandi
Isroilning Iordaniyadagi elchixonasi yonida otishma yuz berdi
O‘zbekistonlik tadbirkorlar Forbes nashrining “30 Under 30” reytingiga kirdi