13:00 / 28.12.2020
1 321

O‘zbekiston aholisi uchun kunlik ratsional ovqatlanish normativlari e’lon qilindi

O‘zbekiston aholisi uchun kunlik ratsional ovqatlanish normativlari e’lon qilindi
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining “O‘zbekiston Respublikasi aholisining yoshiga, jinsiga va kasbiy faoliyati guruhlari uchun sog‘lom ovqatlanishni ta’minlashga qaratilgan o‘rtacha kunlik ratsional ovqatlanish normativlari” to‘g‘risidagi qarori e’lon qilindi.

Taklif qilinayotgan ratsional ovqatlanish normativlari inson mehnatining og‘irligi va kasb guruhlari asosida, mamlakatimizning iqlimi va ovqatlanishdagi milliy xususiyatlarini inobatga olgan holda, quvvatga va asosiy oziq-ovqat moddalariga bo‘lgan fiziologik ehtiyojini qondirishga qaratilgan quyidagi guruhlarga bo‘linadi:

1-guruh — asosan aqliy mehnat bilan shug‘ullanuvchi shaxslar, yengil jismoniy faollik, talabalar, ijtimoiy fanlarga oid mutaxassisliklar, EHM operatorlari, o‘qituvchilar, dispetcherlar, pult boshqaruvchilar, hisobchilar, kotib(a)lar JFK (jismoniy faollik koeffitsiyenti) — 1,4). Bir kecha-kunduzlik quvvat sarfi 1800 — 2450 kkal;

1-GURUH MЕHNATGA LAYOQATLI AHOLI UCHUN TAVSIYA QILINGAN BIR KUNLIK RATSIONAL OVQATLANISH OZIQ-OVQAT MЕ’YORLARI
(GRAMMDA BIR KUNDA)


2-guruh— yengil mehnat bilan shug‘ullanuvchilar — transport haydovchilari, konveyer ishchilari, tikuvchilar, savdo xodimlari, radioelektron sanoati ishchilari, agronomlar, hamshiralar, kichik tibbiy xodimlar, aloqalar sohasida xizmat ko‘rsatuvchilar, JFK — 1,6: bir kecha-kunduzlik quvvat sarfi 2100 — 2800 kkal;

2-GURUH MЕHNATGA LAYOQATLI AHOLI UCHUN TAVSIYA QILINGAN BIR KUNLIK RATSIONAL OVQATLANISH OZIQ-OVQAT MЕ’YORLARI
(GRAMMDA BIR KUNDA)


3-guruh — o‘rta og‘irliklardagi mehnat, chilangarlar, sozlovchilar, stanok ishchilari, burg‘ilovchilar, ekskavator haydovchilari, traktorchilar, kombaynchilar, avtobus haydovchilari, jarrohlar, tekstil kombinati ishchilari, etikdo‘zlar, temir yo‘lchilar, metallurgiya kombinati ishchilari, kimyo sanoati ishchilari, umumiy ovqatlanish muassasalari ofitsiantlari, oshpaz va ishchilari JFK — 1,9. Bir kecha-kunduzlik quvvat sarfi 2500 — 3300 kkal;

3-GURUH MЕHNATGA LAYOQATLI AHOLI UCHUN TAVSIYA QILINGAN BIR KUNLIK RATSIONAL OVQATLANISH OZIQ-OVQAT MЕ’YORLARI
(GRAMMDA BIR KUNDA)


4-guruh — og‘ir jismoniy mehnat bilan shug‘ullanuvchi ishchilar, qurilish ishchilari, burg‘ilash yordamchilari, kon qazuvchi ishchilar, paxtakorlar (yig‘im terimdan tashqari), qishloq xo‘jaligi mexanizatorlari, doyalar, ko‘chiruvchilar, sabzavotchilar, duradgorlar, metallurglar, quyish ishchilari JFK — 2,2. Bir kecha-kunduzlik quvvat sarfi 2850 — 3850 kkal;

4-GURUH MЕHNATGA LAYOQATLI AHOLI UCHUN TAVSIYA QILINGAN BIR KUNLIK RATSIONAL OVQATLANISH OZIQ-OVQAT MЕ’YORLARI
(GRAMMDA BIR KUNDA)


5-guruh — o‘ta og‘ir jismoniy mehnat, juda yuqori jismoniy faollik bilan ishlovchilar JFK — 2,4 — og‘ir mehnat bilan shug‘ullanuvchi qishloq xo‘jaligi ishchilari, yig‘im-terimga jalb qilingan paxtakorlar, kesuvchilar, beton ishchilar, ekskavatorda ishlovchilar, mexanizatsiyalashmagan mehnat yuklagichlari, konchilar. Bir kecha-kunduzlik quvvat sarfi 3750 — 4200 kkal.

5-GURUH MЕHNATGA LAYOQATLI AHOLI UCHUN TAVSIYA QILINGAN BIR KUNLIK RATSIONAL OVQATLANISH OZIQ-OVQAT MЕ’YORLARI
(GRAMMDA BIR KUNDA)


Ratsional ovqatlanishning asosi bo‘lib, kunlik iste’mol (qabul) qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlarini to‘g‘ri tashkillashtirish hisoblanadi. Normativlarni tuzishda:
- kasb guruhlari bo‘yicha oziq-ovqat mahsulotlarini iste’moli to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
- oziq-ovqat mahsulotlarining kimyoviy tarkibi, termik ishlov berishda mahsulotlardagi moddalar kamayish darajalari;
- aholining o‘rtacha antropometrik ko‘rsatkichlari;
- ovqatlanishdagi ko‘nikmalar;
- taklif qilingan me’yorlarni yetkazib berish imkoniyatlari inobatga olingani aytilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)