14:00 / 01.01.2021
2 149

Bayramdan keyin qorin og‘rig‘ida birinchi yordam

Bayramdan keyin qorin og‘rig‘ida birinchi yordam
Foto: «Medaboutme.ru»
Yangi yilni deyarli hamma xursanchilik bilan kutadi. Lekin ba’zan kutilmaganda boshlanib qoluvchi tish yoki bosh og‘rig‘i, oshqozon bezovtaligi va turli jarohatlar dilni xira qiladi. Shunday paytlarda birinchi yordam ko‘rsatishga oldindan tayyorlanib qo‘yish kerak.

Avvalo, bayramoldi uydagi dori qutisini bir ko‘zdan kechirib qo‘yishni maslahat beradi shifokorlar. Unda birinchi yordam dori vositalaridan og‘riq qoldiruvchi ferment preparatlari, allergiyaga qarshi vositalar, bint, paxta, spirt bo‘lishi kerak. Mabodo birinchi yordamga oldindan tayyorgarlik ko‘rilmagan bo‘lsa, unda quyidagi maslahatlarga quloq tuting. Ko‘p va kuchli taom yoki mahsulotlarni aralashtirib, noto‘g‘ri tartibda yeyish oshqozonga zo‘r keladi. Oshqozon og‘riganda xom kartoshka suvini ichish mumkin.

Tish og‘rig‘i bezovta qilsa, bilak arteriyasini sarimsoq bilan bosib artish hamda shu joyga bog‘lab qo‘yish foyda beradi. Hazm jarayoni buzilganda esa propolis tindirmasini tartibga ko‘ra ichish lozim. Bo‘g‘im og‘riqlarida karam bargi bog‘lash ayni muddao. Ochiq jarohatlar olinganda yarani oqar suvda kirsovunda yuvish darkor. Qon bosimi ko‘tarilsa, qulupnay, tut barglari, chilon jiydani choy o‘rnida damlab ichish dardga darmon bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Bayramdan keyin qorin og‘rig‘ida birinchi yordam