13:35 / 07.01.2021
3 354

Didsizlikning 6 belgisi: Palto kiyishda yo‘l qo‘yiladigan xatolar (foto)

Didsizlikning 6 belgisi: Palto kiyishda yo‘l qo‘yiladigan xatolar (foto)
Har bir ayol-qiz garderobidan o‘rin olganiga qaramay, hamma ham paltoni to‘g‘ri va moslab kiyishni bilavermaydi. Zamonga xos va didli ko‘rinishga ega bo‘lish uchun quyidagi tavsiyalar ayni muddao, deb yozadi Daryo nashri.

Harakatlanishdan cheklaydigan darajada tor kiyinmang

Foto: Cosmopolitan
O‘z o‘lchamingizdan ikki karra kengroq sviter va xudi kiymoqchi bo‘lsangiz, oversize palto tanlash tavsiya qilinadi. Keng kiyimlar bilan klassik bichimli yoki yopishib turadigan ustki kiyim kiya ko‘rmang. Bunda kiyim ichiga tiqilib qolgandek bo‘lib ko‘rinasiz.

Ustki kiyimni to‘g‘ri uzunlikdagisini tanlang

Foto: Cosmopolitan
Qishki obrazni didsiz ko‘rinishiga eng ko‘p sabab bo‘ladigan xato paltoni qomatga, shuningdek yubka yoki shimga nisbatan mos bo‘lmagan uzunlikdagisini tanlash hisoblanadi. Vertikallikka amal qilinmaslik, proporsiyani buzilishiga sabab bo‘ladi. Masalan, suratning chap tarafidagi modeldagi kiyim uning nafaqat oyoqlari balki bo‘yini ham kalta ko‘rinishiga sababchi bo‘lgan. Oyoqlarning ochiqligi esa obrazni yana-da nomukammal ko‘rsatgan. Bunday xatoga yo‘l qo‘ymaslik uchun uzunlik va chiziqlar umumlashmasi mukammal bo‘lishiga amal qilish kerak. Agar shim yoki yubka uzunligi midi bo‘ladigan bo‘lsa, ustki kiyim uzunligi u bilan teng bo‘lishi yoki sezilarli darajada farq bo‘lmasligi kerak.

Moslikka e’tibor qarating

Foto: Cosmopolitan
Uzun palto bilan mini yubka kiyish tavsiya qilinmaydi. Bunday kiyinish birinchidan sovuq mavsumga to‘g‘ri kelmaydi, ikkinchidan esa didsiz ko‘rinadi. Shu bois ham kalta yubka kiyishga qaror qilsangiz, palto tizzadan uzunroq turishiga ahamiyat bering.

Shapkaning ham mosini tanlang

Foto: Cosmopolitan
Popukli shapkani eko-mo‘ynadan tikilgan rangli ustki kiyim yoki mos keladigan kurtka bilan kiyish mumkin, ammo klassik uslubdagi palto bilan emas. Bunday obraz sizni didsiz va topgan tutganini kiyib olgandek ko‘rinishingizga sababchi bo‘ladi. Shu sabab ham palto bichimi va rangidan kelib chiqqan holda shapka va sharf tanlash tavsiya qilinadi.

Yirtiq shim kiya ko‘rmang

Foto: Cosmopolitan
Tizza qismida yirtiqlari bor shim bilan palto kiyish obrazni kamida mantiqsiz ko‘rsatadi. Sovuq urishini oldini olib bunday shim ichidan kolgotka kiyib olish haqida-ku gapirmasa ham bo‘laveradi. Kiyinish uslubingiz noodatiy bo‘lishini istasangiz, etaklari tikilmagan, titilgandek ko‘rinishga ega bo‘lgan shim modellariga e’tibor qaratish maslahat beriladi.

Poyabzal ham obrazga to‘g‘ri kelishi kerak

Foto: Cosmopolitan
Qanchalik qulay bo‘lmasin palto bilan uggi bir-biriga umuman mos emas. Ham qulay ham mavsum trendiga xos kiyinish uchun esa bog‘ichli etik yoki botinkalarga e’tibor qaratish tavsiya qilinadi. Uzun, qalin va baquvvat, bunday poyabzallar bilan obrazingiz didli va chiroyli ko‘rinishiga shubha yo‘q.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Didsizlikning 6 belgisi: Palto kiyishda yo‘l qo‘yiladigan xatolar (foto)