17:43 / 16.01.2021
2 560

Kivi mavsumi: Ushbu meva immunitetga qanday ta’sir qiladi?

Kivi mavsumi: Ushbu meva immunitetga qanday ta’sir qiladi?
Foto: Harper’s Bazaar
Avvaliga aktiniya deb atalgan va nordon hamda mayda bo‘lgan meva XX asr boshlarida Yangi Zelandiyaga olib borilgan va u yerda yangi nav yetishtirilgan. Ta’mi nordon bo‘lgan mevaning kivi mazasiga aylanishi uchun 30 yil ketgan. Uning nomi Yangi Zelandiyaning ramzi bo‘lgan kivi qushi singari atala boshlagan. Foydali moddalarni o‘z ichiga oladigan ushbu mazali mevani ratsionga kiritish nima uchun muhimligi haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Tarkibida oqsil va ovqat hazm jarayoni uchun muhim bo‘lgan aktinidin fermenti bo‘lgan kivi, shuningdek, foydali meva kislotalarini ham o‘z ichiga oladi. Ushbu kislotalar ayniqsa oshqozondagi kislotaning yetarlicha ishlab chiqarilmaganida ayni muddao hisoblanadi. Xitoy tabobatida kividan asrlar davomida oshqozon ichak trakti hamda buyraklarda toshlar paydo bo‘lishining oldini olishda qo‘llanilgan.

Kivi C vitaminiga boy sanaladi, uning 100 grammida ushbu antioksidantning 4 kunlik me’yori bo‘ladi. U hujayralarni himoya qiladi, yallig‘lanish jarayonlarining oldini oladi, qarishni sekinlashtiradi va teri ahvolini yaxshilab, uning rangi va ahvolini yaxshilaydi. C vitaminining yana bir ijobiy xususiyati, kollagen ishlab chiqarilishini yaxshilaydi.

Ushbu meva immunitetni mustahkamlaydi, uni muntazam iste’mol qilish immunoglobulin ishlab chiqarilishini yaxshilab, organizmni virus va kasallik keltirib chiqaradigan bakteriyalardan himoya qiladi. K vitamini va kaliyga boy bo‘lgan kivida qonni suyultiradigan moddalar ko‘p bo‘lgani sabab uning iste’moli tromblar paydo bo‘lishining oldini oladi, yurak mushaklarini mustahkamlaydi, qon-tomirlar elastikligini yaxshilaydi. Qolaversa, kivi parhezbop mahsulot hisoblanadi. Unda shakar va kaloriya kam ekani sabab parhezshunoslar uni ratsionga kiritish kerakligini ta’kidlaydi. Kivini nafaqat o‘zini, bo‘tqa, yogurt va salatlarga qo‘shib ham iste’mol qilish mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Kivi mavsumi: Ushbu meva immunitetga qanday ta’sir qiladi?