17:53 / 19.01.2021
3 421

Xolesterin miqdorini oshiradigan 8 mahsulot

Xolesterin miqdorini oshiradigan 8 mahsulot
Foto: «Domashniy Ochag»
Mutaxassislar uzoq vaqt davomida tuxum va krevetkani «yomon» xolesterinni ko‘paytirishda ayblagan bo‘lsa, bugunga kelib ularning unchalik zararli emasligi, aslida yomonroq ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan boshqa mahsulotlar borligi aniqlangan.

Shirin ichimliklar
Tarkibida shakar ko‘p bo‘lgan mahsulotlarni iste’mol qilish «yomon» xolesterinlarning ko‘payishiga, shu bilan birga «yaxshi» xolesterinni kamayishiga olib keladigan eng ko‘p tarqalgan sabablardan biri hisoblanadi. Shu sabab ham shirin ichimlik va mevali sharbatlardan voz kechish, hech bo‘lmaganda esa tiyilish kerak.

Qayta ishlangan qizil go‘sht
Qizil go‘sht salomatlik uchun muhim sanaladi, uning tarkibidagi xolesterin, yangi hujayralar paydo bo‘lishi va muhim bo‘lgan gormonlar ishlab chiqarilishi uchun zarur. Ammo buning uchun qizil go‘sht to‘g‘ri tayyorlangan va xavfsiz yo‘l bilan tayyorlangan bo‘lishi kerak. Bir qancha tadqiqotlarda qayta ishlangan qizil go‘sht mahsulotlari iste’molidan keyin salomatlik uchun zararli bo‘lgan xolesterin miqdori ko‘payishi aniqlangan.

Trans-yog‘lar
Trans-yog‘larni ichiga olgan mahsulotlar salomatlik uchun zararli hisoblanadi va deyarli barcha a’zolar faoliyatiga salbiy ta’sir qiladi. Non va qandolat mahsulotlari, desert va ayrim shokoladlarda ham «yomon» xolesterin miqdorini keskin oshirib yuborish xususiyatiga ega bo‘lgan trans-yog‘lar bo‘ladi.

Qovurilgan mahsulotlar
Qovurilgan mahsulotlarni me’yorida iste’mol qilish, iloji bo‘lsa ularni umuman yemaslik kerak. Qovurish uchun ishlatiladigan yog‘ yuqori darajada qizitilgani sabab kimyoviy reaksiyaga olib keladi va bu jarayonda trans-yog‘lar hosil bo‘ladi. Shu sabab ham «yomon» xolesterin miqdorini ko‘paytiradigan kartoshka fri va shunga o‘xshash mahsulotlarni iste’mol qilishda me’yorni bilish kerak.

Yengil uglevodlar
Oq guruch, non va makaron singari mahsulotlar yengil uglevodlarning koni sanaladi. Ularni qancha ko‘p iste’mol qilinsa yallig‘lanish jarayonlari, shuningdek «yomon» xolesterin ham shuncha tez rivojlanadi.

Quruq nonushta
Sutga yorma qo‘shib tayyorlangan myuslini nonushta uchun eng foydali variant deb atab bo‘lmaydi. Bunga aksari tayyor nonushtalar asosan tozalangan uglevodlardan iboratligi va kletchatkadan holi ekani sabab bo‘ladi. Qolaversa, shakar va kraxmal miqdori ko‘p ekani sabab, uning iste’molidan keyin yurak kasalliklari xavfi hamda «yomon» xolesterin miqdori ortadi.

Kokos yog‘i
Tarkibida to‘yingan yog‘lar bisyor ekani hisobiga ham ushbu yog‘ mahsuloti yomon xolesterin miqdorini ko‘paytirish xususiyatiga ega. Shu sabab ham yuragingiz salomatligi haqida qayg‘uradigan bo‘lsangiz yaxshisi zaytun yog‘idan foydalanish tavsiya qilinadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Xolesterin miqdorini oshiradigan 8 mahsulot