«O‘zbekfilm» faoliyatida o‘zgarishlar bo‘ladi: xususiy sektorning roli oshiriladi

«O‘zbekfilm» faoliyatida o‘zgarishlar bo‘ladi: xususiy sektorning roli oshiriladi

O‘zbekistonda kino sohasini boshqarish tizimi o‘zgartirilmoqda. Davlat filmlarni yaratish jarayonidagi bevosita ishtirokini qayta ko‘rib chiqib, xususiy kinostudiyalar va prodyuserlarni qo‘llab-quvvatlashga ko‘proq e’tibor qaratadi.

Prezidentning 2026 yil 2 iyundagi farmoniga muvofiq, «O‘zbekfilm»ga milliy maqom berilib, uni mahalliy va xalqaro kinostudiyalarga xizmat ko‘rsatuvchi kinokonsern sifatida rivojlantirish belgilangan.

Shuningdek, kino sohasida moliyalashtirish, filmlarni tarqatish, kinoprokat va milliy kinolarni xalqaro bozorlarga olib chiqish tizimini takomillashtirish rejalashtirilgan. Davlat buyurtmasi asosida yaratiladigan filmlarning reklama va targ‘ibot xarajatlari uchun ular budjetiga nisbatan 30 foizgacha mablag‘ ajratish ham ko‘zda tutilgan.

Demak, islohotlarning asosiy yo‘nalishi «O‘zbekfilm»ni tugatish emas, balki uning faoliyatini qayta tashkil etish va kino sohasida xususiy sektorning rolini oshirishdan iborat.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar