Foto: Freepik
K vitamini A, C va E vitaminlariga qaraganda uncha mashhur bo‘lmasligiga qaramay, salomatlik uchun boshqalardan kam bo‘lmagan foydali va muhim sanaladi.
K vitamini haqida
K vitamin organizm uchun zarur bo‘lgan ozuqa moddasi hisoblanadi. U suyaklarni mustahkamlaydi, kalsiy va boshqa muhim moddalarning ishlab chiqarilishini jadallashtiradi va qonning ivish jarayonida ham muhim rol o‘ynaydi. Ushbu vitaminning ikki xil K1 va K2 turi bor. Birinchisi o‘simlik ikkinchisi esa hayvon mahsulotlarida bo‘ladi.
Nima uchun foydali?
Yurak kasalliklari rivojlanishining oldini oladi
Kalsiy suyaklar uchun muhim qon-tomirlar uchun emas. K2 vitamini arteriyalarda kalsiy to‘planishining oldini oladi va bu orqali yurak qon-tomir kasalliklarining kelib chiqish xavfini kamaytiradi.
Tishlarni himoya qiladi
Osteokalsin tishlarni kariyes va boshqa zararlanishlardan himoya qiluvchi asosiy himoya hisoblanadi, K vitamini uning faollashishini ta’minlaydi.
Suyaklarni mustahkamlaydi
Vaqt o‘tishi bilan suyaklar mo‘rtlashib boradi, K vitamin me’yorda bo‘lganda esa organizmda kalsiy sintezi faol bo‘ladi. Buning natijasida suyaklar mustahkamlanadi va chiqish-sinishlar xavfining oldi olinadi.
Qanday mahsulotlarda K vitamini bo‘ladi?
Ushbu vitaminni BFQ, ya’ni biologik faol qo‘shimchalar ko‘rinishida qabul qilish ham mumkin, lekin tarkibida K vitamini bo‘lgan mahsulotlarni taomnomaga kiritish ham foydadan xoli emas. K vitamin yog‘da eruvchan bo‘lgani sabab ham uning organizmga singishi uchun yog‘lar zarur hisoblanadi.
Masalan, ismaloq mazkur vitaminga boy mahsulot, lekin unga yog‘ qo‘shilmasa, qancha ko‘p miqdorda iste’mol qilinsa ham samara bo‘lmasligi mumkin. Karam, brokkoli, salat bargi, soya, qovoq va qorag‘at singari mahsulotlar ham K vitaminining manbayi. Ushbu mahsulotlarni tarkibida omega-3 va omega-6 yog‘ kislotalari bo‘lgan mahsulotlar bilan qo‘shib iste’mol qilish kerak. Ularning umumlashmasidan tayyorlangan taom nafaqat mazali, balki foydali bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Xitoy Yaponiya va sakkizta davlat fuqarolariga vizasiz rejimni joriy etadi
Rossiya yuzlab yamanliklarni Ukrainaga qarshi urushga yolladi
Namanganda olib qochilgan avtomobil «Qamchiq» dovonida to‘xtatildi
Abdusalom Azizovning DXX raisligidan haydalgani tasdiqlandi
Jamg‘arib boriladigan majburiy pensiya badallarini hisoblashning yangi tartibi tasdiqlandi