Foto: Freepik
Tadqiqotlarda aniqlanishicha, nomsiz barmoqning uzunligi testosteron gormoniga bog‘liq bo‘ladi. Qo‘lga qarab fe’l-atvor bilan bog‘liq qanday ma’lumotlarga ega bo‘lish mumkin?
Chap qo‘ldagi nomsiz barmoq ko‘rsatkich barmoqdan uzunroq bo‘lsa
Bunday kishilar latofatli, istarali va yoqimtoy bo‘ladi, boshqalar bilan tez muloqotga kirishadi va qanday qilib e’tibor jalb qilish va diqqat markazida bo‘lishni yaxshi biladi. Ular tavakkal qilishdan qo‘rqmaydi va hamisha boshqa alternativlar borligi sabab biron narsa rejalariga asosan bo‘lmay qolsa, ruhan tushkunlikka tushmaydi.
Shu sabab ham har qanday narsaga qo‘l urishdan qat’iy nazar muvaffaqiyatga erishadi. Bunday kishilar o‘z oldiga yuksak maqsadlarni qo‘yadi va odatda ko‘p narsaga erishadi. Boshqalar ularni haddan ortiq agressiv deb atashi mumkin, ammo bunga testosteron gormoni miqdorining yuqori ekani sabab bo‘lishi mumkin.
Chap qo‘ldagi ko‘rsatkich barmoq, nomsiz barmoqdan uzunroq
Nomsiz barmog‘i ko‘rsatkich barmog‘idan kaltaroq bo‘lgan kishilarning o‘ziga bo‘lgan ishonchi yuqori bo‘ladi. Liderlikka layoqati bor bunday kishilar boshqaruvni yaxshi eplaydi. Bosiq fe’l-atvorga ega bu kabi insonlarni hech kim quyushqondan chiqara olmaydi. Ular shaxsiy hayot va karera borasida ham birinchi qadam tashlaydiganlar sirasiga kirmaydi. Shunga qaramay, bir narsani boshlasalar oxiriga yetkazmay qo‘ymaydilar. Bundan tashqari bir qarorga kelishdan avval hamma oqibatlari haqida o‘ylab keyin qaror qiladilar.
Chap qo‘ldagi nomsiz va ko‘rsatkich barmoq uzunligining bir xilligi
Bunday kishilar og‘ir-bosiq, mehribon bo‘ladi. Ta’sirchan fe’l-atvorli bunday kishilar konfliktli vaziyatlardan qochadi va tavakkal qilmaydi. Ikkilanish ularning o‘zini noqulay his qilishiga sabab bo‘ladi. Hamisha yordamga shay bunday kishilardan yaxshi do‘st chiqishi aniq. Ular hamkasblari, do‘st va yaqinlariga sodiq bo‘ladi va optimist ekani sabab har qanday vaziyatda yaxshi tomonni ko‘rishga harakat qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Olimlar qahvaning ichakdagi bakteriyalar tarkibiga ta’sirini aniqladi
Filippin poytaxtida boshlangan yong‘inda mingga yaqin uylar yonib ketdi
Tramp jamoasi Kim Chen In bilan muzokaralarni muhokama qilmoqda
O‘zbekiston Respublikasining yangi mudofaa vaziri tayinlandi
Finlandiyada omon qolish kurslariga yozilayotgan ayollar soni keskin oshdi