Foto: «Mcx.gov.ru»
Britaniyalik diyetologlar qorindagi yog‘ni yo‘qotishga yordam beradigan oziq-ovqat mahsulotlarini sanab o‘tishdi, deb yozadi «The Daily Express» nashri.
Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, birinchi navbatda, tarkibida oqsil ko‘p bo‘lgan baliq iste’mol qilish kerak. Xususan, olimlar taomnomaga tunes balig‘ini qo‘shishni maslahat berishadi. Chunki uning tarkibida boshqa baliqlarga qaraganda yog‘ kamroq.
Ekspertlarning fikricha, taomnomaga kiritish kerak bo‘lgan yana bir mahsulot bu tuxum hisoblanadi. Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotlar nonushta paytida tuxum iste’mol qilgan odamlar shuncha kaloriyaga ega uglevodli nonushta iste’mol qilganlarga qaraganda 65% ko‘proq vazn yo‘qotishini ko‘rsatdi. Diyetologlar bu natijani tovuq tuxumlarining to‘qlik hissini berishi hamda oziq-ovqatga bo‘lgan intilishni kamaytirishi bilan izohlashdi.
Bundan tashqari, oshqozonida ortiqcha kilogrammlardan xalos bo‘lishni xohlovchilar taomnomasiga qulupnay, malina va chernikani qo‘shishlari lozim. Ushbu rezavorlar kletchatkaning ajoyib manbai bo‘lib, hazmni yaxshilaydi va qorin shishishiga qarshi kurashishga yordam beradi.
Diyetologlar, shuningdek, tarvuzni tez-tez iste’mol qilishni maslahat berishadi. Uning tarkibida likopin moddasi bo‘lib, u organizmning kaloriyalarni yoqish qobiliyatini yaxshilaydigan aminokislota — arginin darajasini oshiradi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Superligani qaysi klub tark etadi? Kumush medal kimga nasib qiladi?
Farg‘onada noqonuniy valyuta savdosi bilan shug‘ullanganlar ushlandi
Sharmandali mag‘lubiyatdan keyin murabbiy futbolchilarni qamab qo‘ydi
O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun ayrim ma’muriy javobgarliklar bekor qilinadi
Iroqda 37 yilda ilk bor aholi ro‘yxatga olinib, ularning soni ochiqlandi