Savol: Oilali bo‘la turib bir yigitni sevib qoldim. U ham meni sevadi. Biz bir qancha payt bir-birimiz bilan ko‘rishib turdik. Men endi bu munosabatni to‘xtatmoqchiman. Uni yaxshi ko‘rsam ham bu qilgan ishimning gunohligini bilaman va tavba qilganman. Lekin u, agar u bilan ko‘rishmasam hammasini erimga aytib berishini aytyapti. Men tushunmayotgan narsa, qanday qilib inson sevgilisiga qiyinchilik, sharmandalikni ravo ko‘rishi mumkin?
Erimga nisbatan adolatsizlik, haqsizlik qilganimni, har qanday jazoga munosib ekanimni bilaman. Lekin, Yaratganning marhamatidan umid qilib turibman. Hozir meni qo‘rqitayotgan narsa – Yaratgan kechirgan taqdirda ham ishongan kishimning meni jazolashi.
Qanday yo‘l tutishni bilmayapman. Iltimos, yordam bering.
Javob: Qanchalik og‘ir botmasin, bu xunuk o‘tmishda faqat sizning aybingiz bor. Aynan siz, o‘zingiz bilan begona erkak o‘rtasida “sevgi” paydo bo‘lishi uchun zamin yaratib bergansiz.
Sizning o‘zingizni vaqtida to‘xtata olmaganingiz, hissiyotlaringiz ustingizdan hukmronlik qilgani holda, shunday og‘ir oqibatlar kelib chiqishiga yo‘l qo‘yib berganingiz o‘z-o‘zidan ravshan.
Sizning xatingizdan hozir ham qilgan qabih ishidan, gunohidan pushaymonlik emas, balki, begona erkak bilan munosabatingizning tugayotganidan bezovtalik sezilib turibdi.
Menimcha, munosabatlaringizni to‘xtatishga qilgan xatosini anlab yetish emas, aksincha, siz va o‘sha erkakning o‘rtasida yuzaga kelgan, kelgusi hayot borasidagi qarama-qarshi fikrlar sabab bo‘lgan. Buni voqeaning bunday tus olishi u erkakka yoqmaganidan, uning endi shantaj qilish bilan qo‘rqitish yo‘liga o‘tayotganligi ham ko‘rsatib turibdi. Bu erkak bir tomondan bo‘lgan ishni eringizga aytib berish bilan qo‘rqityapti, yana boshqa tomondan sizni sevishiga ishontiryapti.
Bu – o‘ta pastkash kishilarning o‘zlari manfaatdor bo‘lgan ishda, fikrda sizdan ham foydalanishlarining ma’lum va mashhur uslubidir.
U sizning ichingizda kechayotgan ikkilanish, ichki ziddiyatni, ya’ni bir tomondan sizning fosh bo‘lish haqidagi qo‘rquvlaringiz, yana bir tomondan esa “sevgan” kishingizga yetishish istagini juda yaxshi anglab turibdi va bularni sizdan foydalanish uchun ishlatmoqda.
Uning maqsadi qanchadir muddat sizdan foydalanib qolish, xolos. Ishonchingiz komil bo‘lsinki, agar siz hozir o‘zingizni o‘nglamas ekansiz, ertami-kechmi, u baribir sizni eskirgan qo‘g‘irchoqdek tashlab ketadi. Bu minglab tajribalarda sinalgan holat. Bu ahvolga tushib qolmaslikning yagona yo‘li – ma’n qilingan bunday ishga qat’iy chek qo‘yish.
Vaziyat o‘zi o‘nglanib qolar deb o‘ylamang, u erkakdan qo‘rqmang, hech bo‘lmaganda qo‘rqayotganligingizni ko‘rsatmang. Sizning qo‘rquvingiz unga boshqaruv richagi sifatida juda ham kerak.
Bo‘lgan ishlarni aytib berishni uning o‘zi ham xohlamaydi, chunki bundan o‘zi ham martabaga minib qolmaydiku axir.
Xudodan yordam so‘rang. Unga tavba qiling va qayta bu ishga qo‘l urmang. Albatta vaziyat siz kutmagan darajada o‘nglanib ketishi mumkin.
Qolgan hammasi sizning jur’atingiz va irodangizga bog‘liq.
Manba: Baxtim.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Superligani qaysi klub tark etadi? Kumush medal kimga nasib qiladi?
Farg‘onada noqonuniy valyuta savdosi bilan shug‘ullanganlar ushlandi
Sharmandali mag‘lubiyatdan keyin murabbiy futbolchilarni qamab qo‘ydi
O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun ayrim ma’muriy javobgarliklar bekor qilinadi
Iroqda 37 yilda ilk bor aholi ro‘yxatga olinib, ularning soni ochiqlandi