12:30 / 17.02.2021
1 923

To‘yib uxlash va sarvqomatlik o‘rtasida qanday bog‘liqlik bor?

To‘yib uxlash va sarvqomatlik o‘rtasida qanday bog‘liqlik bor?
Foto: Freepik
Foydali va samarali hisoblangan uyqu parhezi, irlandiyalik shifokorlar tomonidan ilgari surilgan bo‘lib, unga amal qilish orqali haftasiga 500 gr vazn tashlash mumkin. Ushbu parhezni boshlaganda nafaqat ovqatlanish, balki butun turmush tarzini ham o‘zgartirish kerak. Organizmning charchab, holdan toyishi va uyqu yetishmasligi vazn ortishining asosiy sabablaridan biri ekani ilmiy isbotlangan.

Kun tartibi
Ushbu parhezda kuniga 3—5 marta ovqatlanish va so‘nggi taomni uxlashdan 4 soat avval iste’mol qilish kerak. Qolaversa, klassik qoidaga amal qilish va kechki soat 6 dan keyin hech nima yemaslik kerak. Agar tunda 23:00 da uxlaydigan bo‘lsangiz, unda kechki ovqatni soat yettida tanovul qilsangiz ham bo‘ladi.

Jismoniy faollik
Yugurish, suzish, yoga bilan shug‘ullanish va velosiped uchish tavsiya qilinadi, qolaversa zalda mashg‘ulot qilish, piyoda yurish hamda istalgan jismoniy faollik yaxshi samara beradi. Buning uchun kuniga 30 daqiqa ajratishning o‘zi kifoya.

Nima yeyish mumkin?
Sabzavotlardan tayyorlangan bo‘tqali sho‘rva, tovuq filesi va kurka, shuningdek, dengiz mahsulotlari, mevalar, yog‘siz sut mahsulotlari iste’mol qilish mumkin. Ichish uchun esa tabiiy sharbatlar, suv, o‘tli choy tavsiya qilinadi. Tarkibida kofein mavjud bo‘lgan barcha mahsulotlar — choy, qahva va shokoladni esa taomnomadan chiqarib tashlash kerak.

Qachon uxlash kerak?
Uyquga 23:00 dan avval yotish va uyqu vaqti 8 soatdan kam bo‘lmasligi kerak. Yotoqxonaning tinch, qorong‘i va havosi almashtirilgan bo‘lishiga e’tibor qarating. Uxlashdan 2 soat avval gadjetlarni o‘chirib qo‘ying va buning o‘rniga kitob o‘qing (elektron variantni emas), sayrga chiqing, yengil mashqlarni bajaring hamda issiq sut iching.

Foydasi
Mazkur ovqatlanish tizimi va turmush tarziga amal qilish, o‘zingizni yaxshi his qilishingiz va salomatligingizga ijobiy ta’sir qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » To‘yib uxlash va sarvqomatlik o‘rtasida qanday bog‘liqlik bor?