11:08 / 08.03.2021
1 852

Diyetolog sovuq qahvaning zarari haqida ma’lumot berdi

Diyetolog sovuq qahvaning zarari haqida ma’lumot berdi
Foto: «Pixabay / grafmex»
Shifokor-diyetolog Nuriya Dianova sovuq qahvaning zararidan ogohlantirdi. Bu haqda u «Sputnik» radiosiga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

Mutaxassis izohlashicha, ichimlikka sut yoki qaymoq qo‘shilganda undagi mikroorganizmlarning ko‘payish xavfi sezilarli darajada oshadi. Chunki namlik ularning rivojlanishi uchun eng qulay sharoit hisoblanadi. U bunday qahvani bir soatda albatta ichib tugatishni maslahat beradi. Dianovaning qayd etishicha, bir-ikki soatda oddiy qora qahvaga hech narsa bo‘lmasligi mumkin, shunday bo‘lsa-da, baribir uni muzlatgichga qo‘yishni tavsiya etadi.

Gastroyenterolog, shuningdek, faqat yangi tayyorlangan qahva ta’mi va xushbo‘yligi tufayli odamga muayyan psixologik ta’sir ko‘rsatishini, sovib qolgan ichimlik esa bu darajada «tetiklashtirish» xususiyatiga ega emasligini eslatib qo‘ydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Diyetolog sovuq qahvaning zarari haqida ma’lumot berdi