Foto: «Domashniy ochag»
Inson yoshi o‘tgan sayin yurakka ko‘proq e’tibor qaratish kerak. Chunki aynan yurak qon-tomir tizimi kasalliklari bevaqt o‘limning asosiy sababi bo‘lib qolmoqda. Yurak xurujining dastlabki belgilaridan xabardor bo‘lish har bir inson uchun muhim. Shuningdek, xuruj ehtimolini sezilarli darajada oshirishi mumkin bo‘lgan ogohlantiruvchi omillarni ham bilib olish zarur.
Asabiylik
Stress va turli xil ko‘ngilsizliklar jiddiy tashvishga solsa, xafa qilsa, buning natijasida g‘azablanish, asabiylashish holati kuzatilsa, ko‘proq yurak salomatligiga e’tibor qaratish lozim. Avstraliya universiteti tadqiqotchilari yurak xurujiga uchragan 313 bemorda alomatlar kuzatilishidan avval ularning asabiylashish darajasi to‘g‘risida so‘rov o‘tkazdi. Ular bemor qattiq g‘azablangandan keying ikki soat ichida yurak xuruji ro‘y berishi 8,5 baravar yuqori ekanini aniqladi. Natijada inson qanchalar tez asabiylashsa, yurak xurujiga chalinish ehtimoli shuncha yuqori bo‘lishi ma’lum qilindi.
Kompyuterda ishlash
Bu, ayniqsa, kompyuter qarshisida kuni bo‘yi ishlaydigan ofis xodimlariga tegishli. 6 soatdan ko‘p vaqt kompyuter bilan ishlash yurak xuruji xavfini 125 foizga oshiradi. Bularning barchasi, albatta, harakatsiz hayot tarzi, shuningdek, stress va miyadagi katta miqdordagi ma’lumotni qayta ishlashga majbur qiladi. Agar kasbni o‘zgartirish imkoniyati yoki istagi bo‘lmasa, unda kamida har soatda 10 daqiqaga tanaffus qilish lozim va kun oxirida sayrga chiqish, meditatsiya bilan shug‘ullanish tavsiya etiladi.
Uyqusizlik
Agar uyqu kuniga 7 soatdan kam bo‘lsa, ikki hafta yoki undan ko‘proq muddat ichida yurak xuruji xavfi besh baravarga ko‘payadi. Shuning uchun uyquning me’yorda bo‘lishi salomatlik uchun ham foydalidir.
Havoning ifloslanishi
Ko‘cha-ko‘ydagi tutun nafaqat o‘pka, balki yurak uchun ham zararli bo‘lishi mumkin. Havoning yuqori darajada ifloslangan hududida istiqomat qilish yurak xuruji ehtimolini 70 foizga oshiradi.
Ajrim
Dyuk universiteti tibbiyot fakulteti tadqiqotchilari kamida bir marta turmush qurgan 45 va 80 yosh oralig‘ida bo‘lgan 16000 ga yaqin erkak va ayol o‘rtasida 18 yillik tadqiqot o‘tkazdi. Tadqiqotchilar har ikki yilda bir marta ularning oilaviy ahvoli va salomatligini baholadi. Ajrashgan ayollarning yurak xuruji ehtimoli turmushi buzilmaganlarnikiga qaraganda 25 foizga ko‘pligi aniqlangan. Ikki yoki undan ko‘p marotaba ajrashganlarda esa ushbu kasallik 77 foizga oshgan.
Gripp
Yurak xuruji grippning eng keng tarqalgan asoratlaridan biridir. «Yangi Angliya» tibbiyot jurnalida chop etilgan tadqiqot shuni ma’lum qildiki, gripp boshlangandan bir hafta o‘tgach, yurak xuruji xavfi 6 baravarga oshadi. Shuning uchun kasallik vaqtida holatni kuzatish va tuzalgandan so‘ng kamida ikki hafta mobaynida asabiylashish va stressga duchor bo‘lmaslik kerak. Agar buning imkoni bo‘lmasa, darhol shifokor bilan maslahatlashish zarur.
Oila tarixi
Yurak kasalliklari qarindoshlar o‘rtasida meros bo‘lib qolishi ham mumkin. Agar ota-ona, bobo yoki undan avvalgi ajdodlarda yurak xuruji kasalligi mavjud bo‘lgan bo‘lsa, demak avlodlarda ushbu kasallik taxminan 10 foizga oshishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Rossiya yuzlab yamanliklarni Ukrainaga qarshi urushga yolladi
Xitoy Yaponiya va sakkizta davlat fuqarolariga vizasiz rejimni joriy etadi
Abdusalom Azizovning DXX raisligidan haydalgani tasdiqlandi
O‘zbekistonda kelasi hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
Yevropa Chempionlar Ligasining 5-turida qanday natijadar qayd etildi?