12:57 / 24.03.2021
2 571

Immunitetni ko‘taruvchi 9 mahsulot

Immunitetni ko‘taruvchi 9 mahsulot
Foto: Freepik
Salomatlikda muammolar kuzatilishi, tez-tez betob bo‘lish va uyqusizlik immun tizimining susayganidan dalolat beradi. Uni mustahkamlash uchun esa turmush tarzini yaxshilash hamda iste’mol mahsulotlariga e’tibor berish kerak.

Sarimsoq piyoz
Bir qancha xavfli kasalliklarni oldini olishi mumkin bo‘lgan sarimsoq piyozni barra holida yeyish immunitetni mustahkamlaydi. Sousga, go‘shtli va boshqa taomlarga qo‘shish, yoqtirmaydiganlar esa sho‘rvaga qo‘shib iste’mol qilishi mumkin. Pishish jarayonida hidi chiqib ketgani bilan foydasi saqlanib qoladi.

Baliq
Baliq immunitetning mustahkamligi uchun muhim rol o‘ynaydigan omega-3 yog‘ kislotasining koni sanaladi. Organizmda rux moddasi ishlab chiqarilmagani sabab ham uning manbayi bo‘lgan mahsulotlar, xususan, baliqni yeyishni kanda qilmaslik kerak. Gap shundaki, rux moddasi immun hujayralari tuzilishida bevosita ishtirok etadi.

Shokolad
Tarkibida kakao ko‘p bo‘lgan shokolad nafaqat organizmni faollashtiradi, balki unga zarar yetkazadigan bakteriyalardan himoya qiladi ham. Kakao immun tizimini mustahkamlab uning viruslarga mag‘lub bo‘lishiga qo‘yib bermaydi.

Qo‘ziqorin
Shamollash va u sabab kuzatiladigan simptomlarni nafaqat virusga qarshi preparatlar, balki qo‘ziqorin ham bartaraf qilishi mumkin. Organizm infeksiyalar bilan samarali kurashishi uchun leykotsitlarning himoya xususiyatini jadallashtirishga hissa qo‘shadigan mahsulotlarni iste’mol qilish kerak. Bu borada qo‘ziqorin yaxshi yordam beradi.

Zanjabil
Qadimda Xitoyda jangchilarning yaralangan, jarohatlari zanjabil ildizi yordamida davolangan. C va B vitamini, retinol kabilarni o‘z ichiga oladigan zanjabilning farmakologik xususiyati sarimsoq piyoznikiga o‘xshaydi, ammo hidi undan ancha yoqimli bo‘ladi. Uni taom hamda pishiriqlarga qo‘shish, shuningdek, limon va asal qo‘shib choy damlash ham mumkin.

Limon
C vitamin bisyor bo‘lgan mazkur sitrus mevaning hamma foydasi uning tabiiy sharbatida bo‘ladi. Termik ishlov berilganda foydali xususiyatlari kamaygani sabab ham, sharbatini suvga qo‘shib ichish, qolaversa, o‘zini salatlarga qo‘shib iste’mol qilish kerak.

Asal
Mazasi bilan o‘ziga xos bo‘lgan asal yaralarni bitirishi, asab va immun tizimini mustahkamlash bilan birga, kasallikdan tezroq tuzalishga ham yordam berishi mumkin. Har kuni bir qoshidan iste’mol qilinganda esa bir qancha kasalliklarning oldi olinadi.

Kefir
Kefir nafaqat kuyish va vazn tashlashda yordam beradi, balki kasalliklarni oldini ham oladi. Hazm jarayonini yaxshilaydi, ichaklarni himoya qiladi va tarkibidagi D vitamini hisobiga suyaklarni mustahkamlaydi.

Qovoq
Qovoq organizm salomatligi, xususan, immunitet uchun muhim bo‘lgan beta-karotinni o‘z ichiga oladi. Qovoqdan mazali taom, somsa va sho‘rvalar tayyorlash, uni yoqtirmaganlarga esa boshqa olovrang sabzi iste’mol qilish tavsiya qilinadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Immunitetni ko‘taruvchi 9 mahsulot