12:33 / 29.03.2021
2 148

Sog‘lom bo‘lay desangiz: Puls me’yorda bo‘lishi uchun 6 tavsiya

Sog‘lom bo‘lay desangiz: Puls me’yorda bo‘lishi uchun 6 tavsiya
Foto: Freepik
Puls chastotasi yurak-qon tomir tizimini nazorat qilish uchun muhim bo‘lgan 5 parametrdan biri hisoblanadi. Katta odamda puls me’yorda 60 dan 100 gacha bo‘lishi kerak. Ammo 80 tadan ko‘payishi ham salomatlik uchun potensial xavfli hisoblanadi.

Sport bilan shug‘ullaning
Salomatlik bilan bog‘liq muammo qancha kam bo‘lsa, yurak ortiqcha zo‘riqmagani sabab puls ham me’yorda bo‘ladi. Birdaniga og‘ir mashqlarni bajarishga hojat yo‘q. Yengil mashqlarni muntazam bajarish ham yaxshi samara beradi.

Vazningizni nazorat qilib turing
Ortiqcha vazn puls oshishiga ta’sir qiladigan omillardan biri hisoblanadi. Kilolar qancha ko‘p bo‘lsa, yurak butun tanani qon bilan ta’minlash uchun shuncha ko‘p zo‘riqib ishlaydi. Gavda og‘irligi ko‘rsatkichi 28 foizdan yuqori bo‘ladigan bo‘lsa, ozishga harakat qilish kerak.

Kaliy miqdorini tekshirtiring
Puls bilan bog‘liq muammo yuzga kelishiga kaliyning yetishmasligi ham sabab bo‘la oladi.Yurak faoliyati uchun muhim bo‘lgan mazkur mikroelementning yetishmasligi pulsning jadallashishiga olib keladi. Kaliyni aniqlash uchun qon tahlili topshiring va uning yetishmasligi aniqlanadigan bo‘lsa banan, kartoshka, ko‘katlar va pomidor iste’mol qiling.

Ko‘proq baliq iste’mol qiling
Baliq tarkibida yurak salomatligi uchun muhim bo‘lgan omega-3 yog‘ kislotasi mavjud. Tadqiqotlarda mazkur yog‘ kislotasiga boy mahsulotlarni muntazam iste’mol qilish yurak qisqarishi chastotasini kamaytirishi aniqlangan.

Stressga qarshi kurashing
Surunkali va uzoq davom etadigan stress yurak salomatligi uchun eng yomon xavflardan biri sanaladi. Tadqiqotlarda kishi o‘zini yaxshi his qilgan taqdirda ham doimiy stress va yurak qisqarishi chastotasining ko‘payishi aniqlangan. Surunkali stressni oldini olish uchun tinchlanishga harakat qiling, chuqur nafas oling va meditatsiya bilan shug‘ullaning.

Tinch va tiniqib uxlashga harakat qiling
Sog‘lom uyqu nafaqat yurak, balki butun organizm uchun ham muhim sanaladi. Chuqur uyqu fazasida puls va qon bosim sekinlashadi. Ammo kuniga 6 soatdan kam uhlash, yurak xurujining kelib chiqish xavfini ikki karraga ko‘paytiradi. Yuragingiz va umumiy salomatligingiz bilan muammo bo‘lishini istamasangiz, kerakligicha tiniqib uxlashga harakat qiling.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Sog‘lom bo‘lay desangiz: Puls me’yorda bo‘lishi uchun 6 tavsiya