15:23 / 30.03.2021
3 258

Ko‘p esnash orqali namoyon bo‘ladigan 7 kasallik

Ko‘p esnash orqali namoyon bo‘ladigan 7 kasallik
Foto: «Domashniy ochag»
Esnash – bu beixtiyor refleks, unga qarshi kurashib bo‘lmaydi. Ammo juda tez-tez esnash ham jiddiy kasalliklarning rivojlanishidan haqida ogohlantirishi mumkin. Shuning uchun buni e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydi.

Xo‘sh, ko‘p esnash natijasida qanday kasalliklar paydo bo‘lishi mumkin?

Vazn ortishi
Ortiqcha vaznga ega insonlarda endokrin va gormonal o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin. Bu esa domiy charchoq va uyquchanlikka olib keladi. Ortiqcha vazn ko‘krakka bosim o‘tkazishi va o‘pkada giperventilyatsiya rivojlanishiga olib kelishi mumkin, ya’ni nafas olish qiyinlashadi, chuqur nafas olishning esa imkoni bo‘lmaydi.

Depressiya
Ikki sabab tufayli tez-tez esnash depressiyaga olib kelishi mumkin. Bu stress gormoni – kortizolning ko‘tarilishi yoki antidepressantlarni qabul qilishdir. Ba’zi dorilar serotonin miqdorini oshiradi, bu esa doimiy charchoq hissi paydo bo‘lishiga olib keladi.

Vahima hissi
Kuchli tashvishlanish ko‘pincha yuqori stress va qonda kortizol darajasining ko‘tarilishi bilan birga keladi. Bundan tashqari, energiya darajasining pasayishi ko‘pincha tashvishlanish, shuningdek, yurak muammolari bilan birga kuzatiladi. Bularning hammasi tez-tez esnash orqali namoyon bo‘ladi.

Yurak kasalliklari
Yurak qon-tomir tizimining ayrim kasalliklariga hamroh bo‘ladigan past qon bosimi va yurakning sekin urishi tez-tez esnashga olib kelishi mumkin. Albatta, o‘z-o‘zidan esnash hech narsani anglatmaydi, ammo agar u boshqa alomatlar bilan birga kelsa, shifokor bilan maslahatlashish zarur.

Insult
Insultga yaqinda chalingan bemorlar tez-tez esnaydi. Shifokorning fikriga ko‘ra, bu jarayon xuruj vaqtida miya va tana haroratining qizishini tartibga solishga yordam beradi. Ammo kasallikdan oldin ham esnoq kuzatilishi mumkin. Shu tarzda tana xurujdan darak berishi mumkin.

Skleroz
Ushbu holatda miya va tananing qolgan qismi o‘rtasidagi aloqa buziladi. Agar ishora, chaynash, yuz mushaklarining harakatlarini tartibga solish qiyinlashsa, nazoratsiz va tez-tez esnash kuzatiladi.

Jigar faoliyatining buzilishi
Jigar faoliyatining buzilishi gormonal muvozanatga tasir o‘tkazadi. Natijada o‘z-o‘zidan uyquchanlik va charchoq hissi paydo bo‘ladi va esnashni keltirib chiqaradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ko‘p esnash orqali namoyon bo‘ladigan 7 kasallik