Foto: «Domashniy Ochag»
Asosan erkaklarga xos sanalgani bilan ayollarning og‘iz bo‘shlig‘ida ham o‘smalar paydo bo‘lishi mumkin. Chekadiganlarda esa ushbu kasallik kelib chiqish xavfi yanada yuqori bo‘ladi.
Og‘izdagi yara-chaqalar
Aksariyat hollarda og‘izdagi yara-chaqalar oddiy virus yoki kichik mexanik shikastlanish sabab kelib chiqadi. Ammo tez-tez paydo bo‘lsa va 10 kun davomida ham o‘tib ketmasa, shifokorga murojaat qilish kerak.
Og‘izdan badbo‘y hid anqishi
Og‘izdan yoqimsiz hid kelishi hazm trakti kasalliklari, gigiyenaga rioya qilmaslik va tish hamda milklar bilan bog‘liq muammolar sabab ham kuzatilishi mumkin. Ammo xavfli o‘smalar ham yara keltirib chiqaradi, og‘izda bakteriyalar to‘planib, badbo‘y hid taralishiga sabab bo‘ladi.
Milk va tildagi qizil, oq dog‘lar
Bunday simptom ham o‘sma rivojlanayotganidan darak berishi mumkin. Xavfli bo‘lgan-bo‘lmagan taqdirda ham shifokorga murojaat qilish kerak.
Quloqda og‘riq
Boshning bir tomoniga beradigan quloq og‘rig‘i ham og‘iz bo‘shlig‘idagi muammo bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Agar so‘nggi yarim yil davomida quloq og‘rig‘ining bezovta qilishi to‘xtamayotgan bo‘lsa, shifokorga zudlik bilan murojaat qilishingiz kerak.
Tilda og‘riq sezilishi
Organizmdagi eng sezuvchan hisoblangan tilda qandaydir muammo kuzatilishi ham befarq bo‘lmaslik kerakligini bildiradi.
Vazn yo‘qotish
Vazn yo‘qotish saratonga xos dastlabki simptomlardan sanaladi. Bunday vaziyatda u yutinish bilan bog‘liq muammo sabab kam yeyish bilan bog‘liq bo‘ladi. Nima bo‘lgan taqdirda ham sababsiz uch kilodan ko‘proq vazn yo‘qotadigan bo‘lsangiz, mutaxassisga uchrashni kechga qoldirmang.
Og‘iz bo‘shlig‘ida uvishishning sezilishi
Ba’zida o‘smalar nervlarga zarar keltirishi va buning oqibatida til yoki lunjlarda uvishishga o‘xshash his kuzatilishi mumkin.
Ovozning xirillashi
Tamaki chekmagan taqdirda ham ovozda o‘zgarish kuzatilsa, e’tiborsiz bo‘lmasdan shifokorga murojaat qilish kerak.
Nutq bilan bog‘liq muammolar
Rivojlanayotgan o‘sma til, lab va nutq uchun muhim bo‘lgan boshqa a’zolarga halaqit berishi hisobiga ayrim so‘zlarni talaffuz qilishda muammolar kuzatilishi mumkin.
Jag‘ sohasida og‘riq
Og‘riq ayniqsa og‘izni juftlashga bo‘lgan harakat davomida kuzatilishi mumkin. Ikki hafta davomida ham o‘tib ketmasa, sizda tashvishlanish uchun jiddiy sabab bor.
Tomoqqa nimadir tiqilgandek tuyilishi
Rivojlanayotgan o‘simta limfa tugunlariga ham salbiy ta’sir ko‘rsatib, tomoqda nimadir tiqilib qolgandek hisning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin. Agar bu muammo bir necha hafta davomida ham o‘tib ketmasa, shifokorga borishni esdan chiqarmang. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Rossiya yuzlab yamanliklarni Ukrainaga qarshi urushga yolladi
Xitoy Yaponiya va sakkizta davlat fuqarolariga vizasiz rejimni joriy etadi
Abdusalom Azizovning DXX raisligidan haydalgani tasdiqlandi
O‘zbekistonda kelasi hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
Olimlar psixoz tashxisini qo‘yishga yordam beradigan yangi biomarkerni aniqladi