15:00 / 20.04.2021
1 656

Qon bosimining oshishiga qanday omillar ta’sir qiladi?

Qon bosimining oshishiga qanday omillar ta’sir qiladi?

Foto: «Domashniy ochag»
Gipertoniya xavfining rivojlanishiga sabab bo‘luvchi omillar
Tuzni haddan ortiq iste’mol qilinishi

Qancha ko‘p tuz iste’mol qilinsa, arterial bosimning osish xavfi shuncha yuqori bo‘ladi. Tarkibida suvni o‘zida ushlab turuvchi faol modda bo‘lgani hisobiga natriy tomirlar ichida suv ushlab qolinadi. Bu esa bosimning oshishiga sabab bo‘ladi. Iste’mol qilinadigan tuz miqdorining kamayishi esa qon bosimning sezilarli kamayishiga sabab bo‘ladi. Go‘sht, tuxum, sabzavot, baliq mahsulotlari tarkibida tabiiy natriy bo‘lgani sabab esa ularni tuzsiz iste’mol qilsa ham bo‘ladi.

Sho‘r taomlarni yaxshi ko‘radiganlar tuzdan voz kechishi natijasida qon bosimining 20 taga tushishi kuzatiladi. Kaliyga boy mahsulotlar bodring, qovoq, bulg‘ori qalampiri, yashil no‘xat va ko‘katlar iste’moli ham qon bosimini pasayishiga ta’sir qiladi. Gipertoniyadan aziyat chekadigan va kelib chiqish xavfi yuqori bo‘lgan kishilarga DASH parheziga rioya etish tavsiya qilinadi.

Vazn ortishi va semirish
Vazn qancha ortiq bo‘lsa, qon bosimi ham shuncha yuqori bo‘ladi. Ortiqcha vaznli kishilarda qon bosimining yuqori ekanining sababi turli va bir qancha omillar: gormonal o‘zgarish, leptin miqdorining oshishi, tomirlar patologiyasi va ateroskleroz bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Chekish
Qon tomirlari zararlangani sabab ham qon bosimi ortishi ko‘p kuzatiladi. Me’yorda qon bosimi ko‘tarilganda tomirlar kengayishi kerak, bu kompensatsiya hisobiga bosim o‘z holiga keladi. Chekadigan kishilarning qon tomir devorlari yupqalashadi, bu esa ularning qisman yoki butkul kengaya olmasligiga sabab bo‘ladi. Blyashkalar
(zararlangan qon tomirlardagi xolesterin birikmasi)ning paydo bo‘lishi ham gipertoniya xavfini oshiradi.

Kam harakatlilik
Faollik kamligi hisobiga kaloriya sarflanishi kamayadi, vazn to‘planadi va qon tomirlar tonusi buziladi. Muntazam ravishda jismoniy faol bo‘lish esa qon bosimining me’yorda bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Shunga qaramay, qon bosimi yuqori bo‘lgan kishilarga avvalo uni me’yorlashtirib, keyin jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish tavsiya qilinadi.

Surunkali stress
Tomirlar holatining yomonlashishi hisobiga stressning surunkali kuzatilishi ham gipertonik kasallikka sabab bo‘ladi. Asabiylashganda chekish shundoq ham qiyin bo‘lgan organizmga yanada zarar yetkazadi. Bu esa xavfning ikki karra ortishiga sabab bo‘ladi.

Spirtli ichimlik
Spirtli ichimlikni mukkasidan ortiq iste’mol qilish nafaqat qon bosimi ortishi, balki yurak, buyrak va qon tomir kasalliklari kelib chiqishiga ham sabab bo‘ladi.

Yuqoridagilardan tashqari o‘zgartirish mumkin bo‘lmagan boshqa xavf omillari ham mavjud
Yosh (yosh o‘tishi bilan kasallik xavfi yuqori bo‘ladi), jins (erkaklarda gipertoniyaning kechishi og‘irroq bo‘ladi), irsiyat va kelib chiqish (afroamerikaliklar gipertonik kasalliklarga ko‘p kuzatiladi). Buyrak, nevrologik, qalqonsimon bez kasalligi bor kishilarda ham qon bosimining ortish xavfi yuqori bo‘ladi.

Manba: Daryo.uz

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Hayot tarzi » Qon bosimining oshishiga qanday omillar ta’sir qiladi?