12:14 / 24.04.2021
1 144

Nima uchun koronavirusdan keyin soch to‘kiladi?

Nima uchun koronavirusdan keyin soch to‘kiladi?

Foto: Getty Images
Shifokor-trixologlar ta’kidlaganidek, so‘nggi vaqtlarda koronavirus bilan kasallangan bemorlarning soch to‘kilishiga oid ko‘plab shikoyatlar mavjud. Sochlarning faol to‘kilishi sog‘ayishdan ikki-uch o‘tib yuz beradi. Xo‘sh, ushbu muammoga duch kelganda qanday yo‘l tutish tavsiya etiladi?

Koronavirus infeksiyasining oqibatlaridan biri bu sochlarning to‘kilishidir. Dastlab, shifokorlar buni odatiy emas, balki alohida deb hisoblagan bo‘lsa, vaqt o‘tib, bemorlarda soch to‘kilishi alomati to‘liq aniqlandi.

Nima uchun koronavirusdan keyin sochlar to‘kiladi?
Soch to‘kilishiga nafaqat koronavirus, balki har qanday virusli va yuqumli kasalliklar sabab bo‘lishi mumkin. Odatda bunday kasalliklar yuqori tana harorati, lixokard, organizmning intoksikatsiyasi va metabolizmning turli xil kasalliklari bilan birga kechadi. Bularning barchasi ilk navbatda tezda bo‘linadigan va o‘sadigan hujayralarga ta’sir qiladi. Shuning uchun ikki-uch oydan keyin juda kuchli soch to‘kilishi kuzatilishi mumkin.

Ba’zi ekspertlarning ta’kidlashicha, sochlarning to‘kilishiga nafaqat virusning o‘zi, balki uzoq muddatli davolanish vaqtidagi stress ham sabab bo‘lishi mumkin. Shuningdek, ba’zi dorilar, masalan, antibiotiklarni qabul qilish ichak mikroflorasini buzadi. Bu esa vitaminlar ishlab chiqarishni to‘xtatishi va oziqaviy moddalarning singib ketmasligiga olib keladi.

Shifokor-trixolog Galina Volkovaning so‘zlariga ko‘ra, sochlarning to‘kilishi har doim ham odamning koronavirus infeksiyasidan qanchalik qiynalgani bilan bog‘liq emas, shunga qaramay, o‘zgarishlarni muntazam kuzatib borish kerak.

«COVID-19 bilan kasallangan bemorlar turli xil shaklda kasallikni boshdan kechirgan bo‘lsa-da, tiklanishdan ikki-uch kun keyin faol ravishda sochlarni yo‘qotishni boshladi. Ularning ayrimlari shifoxonda murakkab muolajalarni qabul qilgan.

Shundan so‘ng soch to‘kilishi holatlari vaqt o‘tib paydo bo‘lgan. Umuman olganda inson bemor bo‘lib, turli xil kuchli dori vositalarini qabul qilganida, faol ravishda sochlarini yo‘qotishi mumkin.

Shuningdek, soch to‘kilishi sababini faqat koronavirus tufayli deb bilmaslik kerak. Bunga endokrin kasalliklar, modda va vitamin yetishmasligi, homiladorlikdan keyingi holatlar ham sabab bo‘lishi mumkin.

Soch to‘kilishi gipotirodizmning birinchi alomati bo‘lishi mumkin. Endokrin kasalliklar aniqlanganda, endokrinolog tomonidan parallel ravishda kuzatilishi talab etiladi. Qolaversa, organizmda vitamin yetishmasligi ortidan ham sochlarning to‘kilishi, tirnoqlarning mo‘rtlashuvi yuz beradi. Masalan, D vitamini yetishmasligi soch follikulalarining o‘sishini to‘xtatadi.

Odatda salqin iqlim sharoitida yashovchi odamlarga D vitamini tabiiy ravishda yetishmaydi. Shuning uchun ham shifokor ushbu yetishmovchilikni tuzatish va normal holatni saqlashga yordam beradigan terapiyani buyuradi. Bu soch to‘kilishini davolash, immunitet tizimi va sog‘liqni saqlash uchun ham amal qiladi.

Koronavirusdan keyin sochlar o‘z-o‘zidan tiklanishi mumkinmi?
Amalda har qanday sog‘lom odam sochlarning o‘z-o‘zidan tiklanishiga imkoniyat yaratdi. Afsuski, bu juda kam. Asosan, soch to‘kilishi bilan bog‘liq boshqa omillar ham aniqlanadi. Agar bunday yo‘l tutilmasa, aniq natijaga erishib bo‘lmaydi.

Soch to‘kilishini qanday tekshirish mumkin?
Odatda odam kuniga 100 ga yaqin soch tolasini yo‘qotadi. Agar ma’lum sabablarga ko‘ra, sochlar yuvilmasa yoki taralmasa ularning miqdori tabiiy ravishda ortadi. Bu umuman normal holat. Shuningdek, mavsum bilan bog‘liq holda, bahor va kuzda ham sochlar ko‘p to‘kiladi. Kundalik ravishda soch tolasining to‘kilishi 200 dan ortsa, demak, muammolar paydo bo‘lib ulgurgan. Bu kabi vaziyatda shifokor-trixolog ko‘rigiga borish tavsiya etiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Hayot tarzi » Nima uchun koronavirusdan keyin soch to‘kiladi?