Foto: Freepik
Barchaga bolaligidan yaxshi ma’lum bo‘lgan karam tarkibida deyarli barcha vitaminlar, hatto oshqozon uchun muhim bo‘lgan U vitamini, fitonsidlar, fermentlar hamda mineral moddalar mujassam.
Ushbu mahsulot organizmdagi deyarli barcha tizimlar salomatligi va faoliyati uchun ahamiyatli bo‘lgan tabiiy antioksidant C vitamining koni hisoblanadi. Organizmdan toksinlarni chiqaradi, hujayralarni shikastlanishdan saqlaydi va immunitetni mustahkamlaydi.
Tadqiqotlarda aniqlanishicha, C vitamini organizmda terining tarangligi, sog‘lomligi va tiniqligiga javob beradigan kollagen ishlab chiqarilishini tezlashtiradi. Antioksidantlik xususiyatiga ega ekani hisobiga C vitamin organizmda yallig‘lanish jarayonining kelib chiqishi va ajinlar paydo bo‘lishining oldini oladi.
Karam ko‘rish qobiliyatining susayishi va katarakta xavfini kamaytirish xususiyatiga ega bo‘lgan karotinoidlar — lyutein va zeaksantinning koni sanaladi. Kechasi ko‘rish qobiliyatining yomonlashishi A vitamin tanqisligi bilan bog‘liq bo‘ladi. Karamda esa organizmda A vitaminiga aylanadigan beta-karotin bisyor bo‘ladi.
Foto: Harper’s Bazaar
Tarkibidagi kaliy, kalsiy va magniy kognitiv qobiliyatni yaxshilaydi, yurak mushaklarini mustahkamlab, qon bosimini me’yorlashtiradi. Kempferol esa yallig‘lanishni bartaraf qilib, allergik reaksiyalarning oldini oladi.
Parhez mahsuloti hisoblangan karamning 100 grammida 30 kkal bo‘lgani sabab ham shifokorlar vazn tashlamoqchi bo‘lganlarga ushbu mahsulotni ratsionga kiritishni tavsiya qiladi. Bir qancha foydali xususiyatlariga qaramay, karamning xomi qorinni shishirishi mumkin. Termik ishlov berilganda esa shishishga hissa qo‘shadigan hujayralar parchalanadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Superligani qaysi klub tark etadi? Kumush medal kimga nasib qiladi?
O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun ayrim ma’muriy javobgarliklar bekor qilinadi
Xitoylik hakerlar AQSHdagi 150 nafar siyosatchi ortidan josuslik qilgan bo‘lishi mumkin
Germaniyalik fermerning sigiri to‘rtta buzoq tug‘di
Rossiya Buyuk Britaniya diplomatiga qarshi keskin chora qo‘lladi