09:29 / 15.05.2021
2 097

O‘tirib ishlaydiganlar salomatligini saqlash uchun nimalarga e’tibor berishi kerak?


Foto: «Domashniy ochag»
Kun davomida uzoq vaqt o‘tirib ishlash yoki o‘qish organizmda bir qancha kasalliklar kelib chiqishi va umr qisqarishiga olib kelishi mumkin.

Bo‘yningiz haqida qayg‘uring
Kompyuter yoki noutbuk monitorining o‘rtasi iyaklaringizning to‘g‘risida bo‘lishi kerak. Qolaversa, ekranning yorug‘ligi yetarlicha ekaniga ishonchingiz komil bo‘lsin. Ha bir soatda o‘rningizdan turib, bo‘yin va umurtqa uchun foydali bo‘lgan mashqlar bajaring.

Depressiyaning oldini oling
Amerikaning profilaktik tibbiyot jurnalida chop etilgan maqolada kun davomida 7 soat o‘tirgan holda vaqt o‘tkazgan o‘rta yoshli ayollarda depressiya belgilari kuzatilishi ma’lum bo‘lgan. Aynan shu sabab ham stressga qarshi yaxshi samara beradigan yoga, nafas mashqlari, meditatsiya bilan shug‘ullanishni kanda qilmaslik, buning uchun hech bo‘lmaganda, bir kunda yarim soat vaqt ajratish kerak.

Ko‘proq suv iching
Jismoniy faol bo‘lmaganda insulin kam ajraladi va qandli diabetning kelib chiqish xavfi yuqori bo‘ladi. Ko‘p suv ichish eng samaralari profilaktika hisoblanadi. Yetarlicha suv ichilmaganda organizmda vazopressin gormoni miqdori ko‘tariladi bu esa qondagi qand miqdori ko‘payishiga ta’sir qiladi.

Ko‘proq sut mahsulotlari va baliq iste’mol qiling
Odam qancha kamharakat bo‘lsa, suyaklar ham shunchalik mo‘rtlasha boshlaydi. Suyak bilan bog‘liq muammolar kelib chiqmasligi va turli oqibatlarga olib kelmasligi uchun D vitamini hamda kalsiyga boy mahsulotlar iste’mol qilish kerak.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » O‘tirib ishlaydiganlar salomatligini saqlash uchun nimalarga e’tibor berishi kerak?