Foto: Elle
Ratsiondagi ayrim mahsulotlarni me’yordan ko‘p iste’mol qilish nafaqat vaznda o‘zgarish kuzatilishi, balki salomatlikka ham zarar yetib, moddalar almashinuvi buzilishiga ham olib kelishi mumkin.
Glyuten
Glyuten donli, bug‘doy va arpa singari mahsulotlar tarkibida bisyor bo‘ladi. Aksariyat odamlarda glyuten oson hazm bo‘ladi va hech qanday salbiy oqibatlar keltirib chiqarmaydi, ammo ayrimlarning organizmni uni qabul qila olmasligi, bundan bexabar insonning glyutenli mahsulotlarni kanda qilmasligi esa yallig‘lanishga olib kelishi mumkin. Shuningdek, charchoq, qorin shishishi, qabziyat va vazn yo‘qotish ham kuzatilishi mumkin. Glyutensiz parhez organizmni shlak va toksinlardan tozalashga qaratilgan bo‘ladi. Ammo donli mahsulotlarda glyutendan tashqari, kletchatka, B vitamini, temir, magniy bo‘lgani sabab ham ushbu foydali modda va vitaminlarni boshqa mahsulotlardan olishga harakat qilish kerak. Grechka, guruch, kinoa singari mahsulotlar bu borada yaxshi samara beradi.
Laktoza
Laktoza hayvon suti tarkibidagi «sutli shakar» hisoblanadi. Sut iste’mol qilgandan keyin organizmda laktoza so‘rilishidan avval uni parchalaydigan laktaz va ferment ishlab chiqariladi. Laktozani organizmi qabul qilmaydigan ayrim insonlarda, ingichka ichakda ishlab chiqariladigan laktaz yetishmaydi. Bunda qorin dam bo‘lishi va og‘riqqa sezuvchanlikning ortishi singari holatlar kuzatiladi. Verba Mayr mutaxassislari oddiy sut mahsulotlarini laktozasiz yoki o‘simlik suti mahsulotlariga almashtirishni tavsiya qiladi.
Fruktoza
Aksariyat meva, rezavor va asal tarkibida bo‘ladigan monosaxarid hisoblanadigan fruktoza odamni bir zumda energiyaga to‘la bo‘lishi, kayfiyat ko‘tarilishiga hissa qo‘shadi. Ammo uni haddan ortiq iste’mol qilish diareya, vazn ortishi, qandli diabet va jigar kasalliklariga olib kelishi mumkin. Parhezshunoslar 40 gramm fruktoza bir kunlik me’yor ekanini ta’kidlaydi. Qandli diabetning kelib chiqish xavfini kamaytirish uchun ratsionda tarkibida fruktoza bisyor bo‘lgan meva va shirinliklar me’yorda bo‘lishiga e’tibor qaratish kerak. Bu organizmdagi yallig‘lanish jarayonlari va allergiyaning kamayishiga yordam beradi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Rossiya yuzlab yamanliklarni Ukrainaga qarshi urushga yolladi
Xitoy Yaponiya va sakkizta davlat fuqarolariga vizasiz rejimni joriy etadi
Abdusalom Azizovning DXX raisligidan haydalgani tasdiqlandi
O‘zbekistonda kelasi hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
Yevropa superklubi O‘zbekiston terma jamoasi o‘yinchisi transferi bo‘yicha ish boshladi