Foto: Getty Images
Kirsovundan faqatgina kirlarni yuvishda foydalanadiganlar diqqatiga: ushbu mahsulotni ro‘zg‘or ishlarida ham ishlatish mumkin.
Kirsovunning tarkibi hayvon va o‘simlik yog‘laridan tayyorlanadi, shuning uchun barcha komponentlar tabiiydir va allergiya keltirib chiqarmaydi. Boshqa tomondan, bakteriyalarni yo‘q qiladigan modda ham mavjud. Shuning uchun sovun juda zo‘r dezinfeksiyalovchi hisoblanib, har qanday sirtdan kirni tozalaydi. Shuningdek, kir yuvish uchun sovun juda arzon bo‘lgani uchun kundalik hayotda asosiy yordamchilardan biri hisoblanadi.
Xo‘sh, kirsovun yordamida yana nimalar qilish mumkin?
Pol
Sovun maydalanib, bir chelak iliq suvga solinadi. U har qanday kir va dog‘larni mukammal tozalaydi.
Choyshablar
Sovun choyshablarni yuvishda ham qo‘l keladi. Buning uchun mahsulot maydalanib, uni suv bilan suyultirish va narsalarni namlash kerak bo‘ladi. Shuningdek, sovun bolalar kiyimlarini yuvish uchun ham yaxshi tanlov. Chunki terida allergiya keltirib chiqarmaydi. Trikotaj kiyimlarini yuvishda ham kirsovunlar samarali hisoblanib, ularga zarar yetkazmaydi.
Oshxona jihozlari
Kirsovun ko‘p qirrali tozalash vositasidir. Uni xantal kukuni bilan aralashtirib, gaz plitasi va rakovinalarni tozalash mumkin.
Sabzavotlar
Do‘konda yoki bozorda sotib olingan sabzi, lavlagi, kartoshka va boshqa ildiz sabzavotlarini, shuningdek, tuxumlarini kirsovunli suv bilan yuvish mumkin. Bu turli xil yuqumli kasalliklarning oldini oladi.
O‘simliklarni zararkunandalardan asraydi
Kirsovun shira va boshqa zararkunandalarga qarshi kurashishda yordam beradi. Shu bilan birga, sovun eritmasi o‘simliklar uchun to‘liq xavfsizdir. Eritma nafaqat bog‘da, balki yopiq xonadagi o‘simliklar uchun ham ishlatilishi mumkin.
Husnbuzardan xalos etadi
Ikki haftada bir marta yuzni kirsovun bilan yuvish terini quritadi va bakteriyalarni yo‘q qiladi.
Tish cho‘tkalari
Kirsovun ajoyib antiseptik bo‘lgani uchun, shimgich yoki cho‘tkani sovunli suvga bir kechaga namlab, ularni dezinfeksiya qilish mumkin. Agar oilada bemorlar bo‘lsa, buni takrorlash juda muhimdir.
Shishni yengillashtiradi va ko‘karishning oldini oladi
Agar jarohat olgan joyga sovun surilgan bo‘lsa, u holda badan ko‘karmaydi. Buning uchun sovunni suvda suyultirish va shikastlangan joyni eritma bilan artish kerak. Jarayon bir necha marta takrorlanishi mumkin.
Infeksiyani yo‘q qiladi
Agar badan kesilgan, sanchilgan yoki tirnalgan bo‘lsa, zararlangan joyni kirsovun bilan yuvish kerak. Aynan shu tarzda, sezgir terida infeksiya paydo bo‘lishining oldini olish mumkin.
Mushuk yoki it tishlaganda
Yaraga infeksiyani tushishining oldini olish uchun qonli joyni yaxshilab artib, so‘ngra kirsovun eritmasiga namlangan dokani bog‘lash kerak. Shunda jarohat izi tezroq davolanadi va yara yallig‘lanmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Rossiya yuzlab yamanliklarni Ukrainaga qarshi urushga yolladi
Xitoy Yaponiya va sakkizta davlat fuqarolariga vizasiz rejimni joriy etadi
Abdusalom Azizovning DXX raisligidan haydalgani tasdiqlandi
O‘zbekistonda kelasi hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
Taker Karlson: Zelenskiy o‘z muddatini o‘tab bo‘lgan va hokimiyatda qolishda davom etmoqda