22:06 / 21.05.2021
3 082

Dazmol qilishda eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan 9 xato


Foto: Getty Images
O‘zingizni bu ishda professional yoki o‘rganuvchi deb bilsangiz ham, eng keng tarqalgan xatolarni eslab qoling.

Quruq holda dazmollash
Matoni namlamasdan dazmollash uchun hech qanday sabab yo‘q. Barchada purkagich va bug‘ dazmollari bor. Quruq holda dazmol qilish — befoyda, libosingiz siz o‘ylagandek holatga kelmaydi.

Yupqa matoli kiyimlarni oxirida dazmollash
Mato dazmol haroratidan kuymasligi uchun teskari tartibda — nozik matodan tortib qalin matoga qarab dazmollang.

Qizdirish
Agar kiyim aralash matodan tikilgan bo‘lsa, uning tarkibidagi eng nozik mato bo‘yicha dazmollang. Shunday qilsangiz, kiyimlaringiz uzoqroq xizmat qiladi.

Distirlangan suvga pul sarflash
Bu ortiqcha narsa. Oddiy ichimlik suvini filtrdan o‘tkazib foydalansa ham bo‘ladi.

Dazmolni tozalamaslik
Dazmol tozalash uchun melamin gubka, tozalovchi bo‘r sotib oling (agar xrom yoki teflon qoplamasini olsangiz, yanada yaxshi), eng arzon va oson yo‘li esa suv tomizilgan ichimlik sodali pasta bilan tozalang. Shunda dazmoldagi kuygan dog‘lar liboslaringizni zararlamaydi.

Dazmolda suv qolib ketishi
Kunora dazmol qilsangiz ham, dazmollangandan keyin suv idishini bo‘shatishni unutmang. Birinchidan, dazmoldagi ichki yo‘llarni zang bosadi. Ikkinchidan, suv eskiradi. Buning natijasida liboslarda dog‘ qolishi mumkin.

Yaxshi dazmol taxtasidan foydalanmaslik
Hech qachon pul tejayman deb, arzon doska sotib olmang. Dazmollash uchun rozetka, shnur ushlagich va yechilib ketmaydigan qoplama — odatdagidan biroz qimmatroq turadi. Ammo mahsulot shunga arziydi, farqni darhol sezasiz.

Oddiy dazmoldan  ko‘p foydalanish
Agar oilangiz katta, kiyimlaringiz ko‘p bo‘lsa, dazmol bilan maxsus bug‘ moslamasini xarid qiling. Bu ishingizni olti martaga osonlashtiradi.

Haddan tashqari g‘ijimlangan matoni dazmollash
Kamroq g‘ijimlar kamroq ish demakdir. Kiyimlarni yaxshilab silkitib, keyin dorga iling. Dazmollashdan oldin uni qo‘llaringiz bilan biroz tekislang.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Dazmol qilishda eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan 9 xato