22:06 / 27.05.2021
2 834

Terining uzoq vaqt yosh saqlanishiga hissa qo‘shadigan 10 mahsulot


Foto: «Domashniy ochag»
Parhezshunoslar terining tarang bo‘lishi va ajin tushishining oldini olishga yordam beradigan 10 mahsulot haqida ma’lumot berdi.

Lavlagi
Qanday foyda beradi? Organizmni tozalash xususiyatiga ega bo‘lgan lavlagi eng yaxshi absorbent deb ataladi. Uni muntazam ravishda iste’mol qilish teri ahvolini yaxshilanishiga hissa qo‘shadi. Husnbuzarlar kamayadi, terining rangi tiniqlashadi, teri hujayralari ko‘proq kislorod bilan to‘yinadi. Samara berishi uchun kuniga bitta lavlagi iste’mol qilish tavsiya qilinadi.

Petrushka
Qanday foyda beradi? Ushbu ko‘kat terining yoshartirishda ahamiyatli bo‘lgan eng yaxshi antioksidant hisoblangan glutationni ishlab chiqarilishini jadallashtiradi. Organizmning glutation ishlab chiqarishi genetik jihatdan aniqlanadi, so‘nggi tadqiqotlarda esa 30 foiz odamda glutationning faolligi yetarli emasligi aniqlangan. Yaxshi samara berishi uchun kuniga 3-4 bog‘ ko‘kat iste’mol qilish kerak.

Qovoq pistasi
Tarkibida rux moddasi bisyor ekani sabab ushbu mahsulot teri ahvolini yaxshilab, elastikligini ta’minlaydi. Shuningdek, ushbu modda epidermis hujayralarini ultrabinafsha nurlaridan himoya qiladi, ajin tushishining oldini oladi. Kun davomida uning bir hovuchini iste’mol qilish tavsiya qilinadi.

Sariyog‘
Terini silliq bo‘lishi, qizarishlar kamayishi, epidermisning optimal namlik balansini saqlaydi. Foydasi bo‘lishi uchun uning bir o‘ramini hafta davomida iste’mol qilish tavsiya qilinadi.

Yog‘li baliq
Yallig‘lanishga qarshi xususiyatga ega bo‘lgan yog‘ kislotalari teri, tirnoq va sochlarning holatini yaxshilaydi, mayda ajinlarni kamaytiradi. Teri uchun eng yaxshi mahsulotlardan biri hisoblangan baliqni hafta davomida 300 g iste’mol qilish tavsiya qilinadi.

Kakao
Organizmga erkin zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan radikallar bilan kurashib, epidermisdagi yallig‘lanish jarayonlarini kamaytiradi. Yaxshi foyda berishi uchun kun davomida bir choy qoshiq qo‘shib ichimlik, yogurt yoki bo‘tqa tayyorlash tavsiya qilinadi.

Bodom
Terini taranglashtiradigan mazkur mahsulot tarkibida agrinin borligi hisobiga ham qon tomirlar mustahkamlab, kuperozning oldini oladi. Kuniga 10-15 dona iste’mol qilish tavsiya qilinadi.

Tomat pastasi
Pomidor tarkibida boshqa mahsulotlardan farqli ravishda termik ishlov berilganda yaxshiroq samara beradigan likopin mujassam. Shu sababdan ham tomat pastasi barra pomidordan foydaliroq hisoblanadi. Likopin erkin zarar yetkazadigan radikallar ta’sirini kamaytiradigan eng yaxshi antioksidant hisoblanadi. Kun davomida 2 osh qoshiq tomat pastasi va bir stakan tomat sharbatining o‘zini yoki sous ko‘rinishida iste’mol qilish tavsiya qilinadi.

Limon
Organizmdan toksinlarni chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan limon immun tizimini mustahkamlab, terining himoya funksiyasini ham yaxshilaydi. Terini yashartirish xususiyatiga ega bo‘lgan mazkur mahsulotni istagancha yeyish mumkin.

Zanjabil
Yallig‘lanish jarayonlarini sekinlashtirib, shishlarni bartaraf qiladi, teriga tarang va tiniqlikni qaytaradi. Ildizini qirg‘ichdan chiqarib 1 osh qoshig‘ini choyga qo‘shib iste’mol qilish tavsiya qilinadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Terining uzoq vaqt yosh saqlanishiga hissa qo‘shadigan 10 mahsulot