Foto: Freepik
Yoz mavsumida, ayniqsa, har qachongidan ham dolzarb bo‘lgan muammoga yechim topishga yordam beradigan tavsiyalar bilan bo‘lishamiz.
Ayamang
Quyoshdan himoya qiladigan kremni ayayman deb, kam miqdorda foydalanish eng ko‘p tarqalgan xatolardan biri sanaladi. Ortiqchasining keragi yo‘q, samarali himoya uchun tanga kattaligidagi hajmda krem sursangiz bo‘ladi. Tarkibidagi kimyoviy filtr «ishga tushib», krem ta’sir qilishi uchun uni ko‘chaga chiqishdan 20 daqiqa avval surting.
Yozuviga e’tibor qarating
UVB va UVA-nurlardan yaxshi himoya qilishi yozilganiga e’tibor qarating. Yildan yilga yangi kosmetik vositalar taqdim qilinmoqda. Masalan, bir necha yillar avval nam teriga surtish mumkin bo‘lgan yangi vosita taqdim qilingan bo‘lsa, endilikda yaltiratib qo‘ymaydigan variantlar taqdim qilindi.
Sumkangizda zarur kosmetik vositalarni olib yuring
Burun va yuzdagi qizarishlarga alohida e’tibor berish kerak. Terining aynan mazkur sohalari yog‘li hisoblangani sabab ham kosmetik stik (kremli kompakt kosmetika)larni birga olib yurish kerak.
Himoyalanishni unutmang
Ob-havo qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, SPF-kremlardan foydalanishni kanda qilmang. Yozning bulutli kunlarida A spektrining nurlari, ayniqsa, xavfli bo‘lib, jiddiy kasalliklarni keltirib chiqaradi va terining qarishiga olib keladi.
Shifokor bilan maslahatlashing
Qon bosimini tushiradigan, gormonal hamda antibiotik dorilar to‘qimalarning quyosh nuridan kuyishiga
ta’sirchanligini oshiradi. Issiq o‘lkalarga ketayotgan va shu bilan birga dori vositalarini qabul qilayotgan bo‘lsangiz, maksimal SPF-kremlarni tanlang.
Terini tinchlantiring
Ba’zida yuz qizil dog‘lar bilan qoplanadi. Bu kuyish emas, ultrabinafsha nurlarga nisbatan spesifik reaksiya ─ mikroyallig‘lanish hisoblanadi. Uni bartaraf qilish uchun kechasi toza teriga navro‘zgul yog‘ini surtish kifoya qiladi. Tarkibidagi gamma-linolen kislotasi terining suv qatlamini tiklab, qizarishlar kamayadi.
Tana haqida qayg‘uring
Issiq urganda yoki urish arafasida ekanida salqin ichimliklar yaxshi yordam berishi mumkin. Ichimlikni ichish yoki uning bankasini bo‘yinning orqa qismiga qo‘yish kerak. Qon aylanishida muhim rol o‘ynagani sabab ham aynan shu sohaga qo‘yish tavsiya qilinadi.
Termal suvdan foydalaning
Teri uchun samarali ekani sabab ham nafaqat yuz, balki tana uchun ham termal suvdan foydalanish kerak. Uning bir qismi shu zahoti singib, qon haroratini pasaytiradi va sepilgan sohani namlantiradi. Puls o‘lchanadigan tana qismlari: bo‘yin, tizzaning orqa qismi, bilaklarning ichki qismiga sepish tavsiya qilinadi.
Kuyishdan to‘g‘ri davolaning
Kuygan tana qismini sovuq dush, sovuq kompress yordamida soviting. So‘ngra kuygan joyga bitiradigan va terining himoya qatlamini tiklaydigan, tinchlantiradigan, yallig‘lanishning va dog‘ bo‘lib qolishining oldini oladigan vositalar qo‘ying. Bunday vositalar aksariyat hollarda pantenol va termal suvni o‘z ichiga oladi. Kuygan to‘qimalar haroratning sekin tushishiga sabab bo‘lishi mumkinligi uchun maz va prisipkalardan foydalanmang. Og‘riqni kuchaytirishi mumkinligi uchun odekolon va spirtdan ham foydalanish tavsiya qilinmaydi.
Pilingni yodingizdan chiqaring
Tinchlanganidan keyin terining po‘st tashlashi kuzatiladi. Bu vaqtda piling qilish esa vaziyatni yanada og‘irlashtiradi.
Sochlar
Tuz va xlor sabab nafaqat teri, balki sochlar bilan ham bog‘liq muammolar kuzatilishi mumkin. Bunday vaqtda stayling krem yoki soch pomadasidan foydalanish tavsiya qilinadi. Ta’tildan qaytgach esa sochlarning ahvolini yaxshilaydigan va mustahkam qiladigan niqoblardan foydalaning.
Himoyalaydigan spreylardan foydalaning
Sohil yoki hovuzga borishda sochlaringizga UV filtrli sprey seping. Shunda tuz va xlorli suv unchalik salbiy ta’sir qilmaydi. Qaytganingizdan keyin sochlaringizni yaxshilab yuving hamda kosmetik yog‘ surting. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Shavkat Mirziyoyev: «Barcha ijro organlarini Yangi Toshkentga ko‘chiramiz»
Gvardiola hech qachon bunaqa sharmanda bo‘lmagandi
Taxtni tashlab qochgan bangi...
G7 davlatlari Afg‘onistonning xalqaro hamjamiyatga integratsiyalashuviga yordam beradi
Isroillik ravvinning o‘limida O‘zbekiston fuqarolari gumonlanmoqda