21:38 / 06.06.2021
2 646

Jaziramada qaysi ichimlikni ichgan ma’qul?


Foto: «Fb.ru»
Suvsizlanish va muhim minerallar yo‘qolishining oldini olish uchun shifokorlar suv bilan olma sharbatini teng miqdorda aralashtirib ichishni maslahat berishadi.

Jazirama yozda ko‘p terlash oqibatida kelib chiqqan suvsizlanish oroanizmda suv-tuz muovzanatini izdan chiqarishi mumkin. Bu esa arterial gipertoniya va almashinuv jarayonlari buzilishiga olib kelishi hech gap emas. Oddiy toza suv chanqoqni qondirishga yordam beradi. Olma sharbati aralashtirilganda esa yanada yaxshiroq samara beradi. Negaki yo‘qotilgan tuz o‘rnini to‘ldiradi.

Tadqiqotlarga ko‘ra, ushbu salomatlik eliksiri shifokorlar ichak infeksiyalarida tayinlaydigan regidratatsiya uchun maxsus elektrolit eritmaga (yo‘qolgan elektrolitlar o‘rnini qoplash uchun) qaraganda 17% samaraliroq bo‘lib chiqdi. Olma sharbatida kaliy bisyor (kunlik me’yorning taxminan 20%i) bo‘lib, u organizmda suv-tuz muvozanatiga javob beradi. Lekin sharbatda qand juda ko‘p bo‘lgani uchun unga suv aralashtirish lozim.

Kamida yarmini suv tashkil qilishi kerak. Yaxshisi, nordon sharbat ichgan ma’qul – apelsin, greypfrut yoki rezavorli morslar. Ulardagi organik kislotalar organizmda kislota muvozanatini saqlashga yordam beradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Jaziramada qaysi ichimlikni ichgan ma’qul?