3 228
Shakarni yeyish mumkin, shakar o‘rnini bosuvchini esa — yo‘q. Vazn ortishiga sabab bo‘luvchi 5 ta odat
Foto: «Domashniy ochag»
Shakar o‘rnini bosuvchilar qo‘shilgan mahsulotning vazn ortishiga hissa qo‘shishiga nima sabab ekanligi haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Shakar o‘rniga fruktoza
Fruktoza meva tarkibida qabul qilinsagina, organizm uchun foydali bo‘ladi. Organizmni foydali moddalar bilan ta’minlagani hisobiga ham mevalar har bir inson ratsionida yetarli miqdorda bo‘lishi kerak. Ammo mevalardan alohida organizmga kiradigan bo‘lsa, shakardan kam bo‘lmagan ta’sir ko‘rsatadi. Aslida, shirinlik iste’mol qilinganda organizmda insulin va leptin gormoni ajraladi. Fruktoza tarkibida glyukoza bo‘lmagani uchun gormonlar hech nima qila olmaydi. Shuning hisobiga fruktoza energiya bermaydi, shunchaki yog‘ ko‘rinishida to‘planadi. Qandolat mahsulotlari, non va shirinliklarni tayyorlashda esa aksariyat hollarda qondagi «yomon» xolesterin miqdorini ko‘paytiradigan sintezlangan fruktozadan foydalaniladi.
Desert o‘rniga granola va myusli batonchalari
Istalgan do‘kondan topish mumkin bo‘lgan «foydali» yegulik: yogurtli, shokoladli, quritilgan meva va pistali batonchalar yonda olib yurish uchun qulay, mazali bo‘lgani bilan salomatlik uchun foydali hisoblanmaydi. Granola myusli batonchalarini tayyorlashda ko‘pincha tozalangan yog‘, shakar ishlatiladi, quritilgan mevalardan va yong‘oqlar esa yaroqlilik muddatini uzaytirish uchun oltingugurt dioksididan foydalaniladi. Bu esa bolalar va allergiyaga moyilligi bor kishilar uchun zararli hisoblanadi.
Aynan shu sabab ham xariddan avval mahsulot tarkibini diqqat bilan o‘rganing: yong‘oq, quritilgan mevalar, pistalar bo‘lishiga e’tibor qarating. Ta’m kuchaytirgich, shirinroq qiladigan qo‘shimchasi bor mahsulotlarni iloji bo‘lsa, sotib olmang. Buning o‘rniga tabiiy desert – zefir, tabiiy marmelad, achchiq shokoladlarga e’tibor qarating. Shirinliklardan tiyilishni istasangiz, bir hovuch yong‘oq va quritilgan mahsulotlarni iste’mol qiling.
Glyutensiz ratsion
Organizmi glyutenni ko‘tara olmaydigan kishilar ratsionidan glyutensiz mahsulotlar o‘rin olishi kerak. Ammo glyuten bilan birga bir qator foydali mahsulotlar – pasta, non, un va suli hamda boshqa yormalardan quruq qolish mumkin bo‘ladi. Yevropa mamlakatlarida glyutensiz non, makaron singari mahsulotlarning analogi bor bo‘lgani bilan hamma davlatlardagi do‘konda ham bunday mahsulotlarni topib bo‘lmaydi, bo‘lsa ham, narxi 2-3 barobar qimmat bo‘ladi. Natijada ratsiondagi foydali kletchatkalar miqdori sezilarli darajada qisqaradi. Aslida esa sog‘lom odam taomnomasida 60 foiz murakkab uglevodlar bo‘lishi kerak. Qolaversa, bunday non mahsulotlarining yaroqlilik muddati 4-6 oyni tashkil qiladi. Aynan shu sabab ham tibbiy ko‘rsatmalar bo‘lmasa, glyutendan tiyilmang.
Shakar o‘rnini bosuvchi vositalar
Shakar o‘rnini bosuvchi vositalar oddiy shakardan 5, 10 va hatto 200 barobar shirinroq ta’m berishi, shu bilan birga, tarkibida glyukoza bo‘lmasligi va kaloriyasi kam bo‘lishi mumkin. Kokos shakari, eritrit singarilar salomatlik uchun foydali bo‘ladigandek tuyilishi mumkin. Gap shundaki, organizmga shakarning aynan qaysi turi qonga singishining prinsipial farqi yo‘q. Shirin moddalar retseptorlari butun tana: oshqozon osti bezi, miya, qon tomirlar, suyak, oshqozon, ichaklar va hatto yog‘ to‘qimalarida ham joylashgan bo‘ladi. Qonga kirganidan keyin shakar o‘rnini bosuvchilar mazkur retseptorlar bilan aloqaga kirib organizmda quyidagilarga olib keladi:
- Ichak gormonlari ishlab chiqarilishini jadallashtiradi.
- Grelin ishlab chiqarilishini tezlashtirib ochlik hissini keltirib chiqadi.
- Shirinlik ta’mini yaxshi bilishni ishdan chiqaradi.
- Miya faoliyatiga ta’sir etadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Superligani qaysi klub tark etadi? Kumush medal kimga nasib qiladi?
O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun ayrim ma’muriy javobgarliklar bekor qilinadi
Xitoylik hakerlar AQSHdagi 150 nafar siyosatchi ortidan josuslik qilgan bo‘lishi mumkin
Germaniyalik fermerning sigiri to‘rtta buzoq tug‘di
Rossiya Buyuk Britaniya diplomatiga qarshi keskin chora qo‘lladi