16:16 / 17.06.2021
3 365

Qon bosimining oshishiga sabab bo‘ladigan 5 odat


Foto: «Domashniy ochag»
30 yoshdan oshgan deyarli har uchinchi odam qon bosimi balandligidan aziyat chekadi. Shifokorlar qon bosimi 130 bo‘lganda turmush tarzini o‘zgartirishni, 140 bo‘lganda esa shifokorga murojaat qilish kerakligini ta’kidlaydi.

Suyuqlikni me’yorda ichmaslik
Suyuqlik tanqisligi va suvsizlanish organizmdagi bir qancha tizimlar, xususan, qon bosimiga ham ta’sir qilmay qolmaydi. Organizm suvsizlanganda qon bosimi me’yorda bo‘lmasligi, ko‘p suyuqlik ichganda va suyuqlik peshob bilan ajralganda esa sezilarli darajada pasayishi mumkin.

Vitaminlar qabul qilmaslik
O‘zboshimchalik bilan davolanmaslik va duch kelgan vitaminni ichmaslik, shifokor ko‘rsatmasiga asosan qon tahlili topshirib, muhim minerallar: kaliy va magniy miqdorini nazorat qilib turish kerak. Kaliy organizmdan ortiqcha natriy chiqib ketishini ta’minlaydi, magniy esa yurak faoliyati va tromblarning oldini olishga hissa qo‘shadi. Shu sabab ham ratsionni ko‘zdan kechirish va zarurat bo‘lganda vitamin ko‘rinishida qabul qilish kerak.

Qaddi-qomatni tik tutmaslik
Osteoxondroz nafaqat yelka va bo‘yin sohasida og‘riq paydo bo‘lishi, balki qon bosimi ko‘tarilishiga ham sabab bo‘ladi. Gap shundaki, bel va bo‘yin sohasidagi mushaklarning doimiy ravishda zo‘riqishi qon tomirlarda spazmlar keltirib chiqaradi, miyadagi qon aylanishi yomonlashadi, qon bosimi ko‘tariladi.

Shifokor ko‘rigidan o‘tmaslik
Gipertoniya boshqa kasalliklar – qandli diabet, buyraklar faoliyatining ishda chiqishi, jigar va qalqonsimon bezdagi muammolarga xos simptom bo‘lishi mumkin. Og‘ir oqibatlarga olib kelmasligi uchun ko‘rikdan o‘tib, oldini olish kerak.

O‘zboshimchalik bilan davolanish
Biologik faol qo‘shimchalar va vitaminlarni shifokor ko‘rsatmasisiz qabul qilish ham qon bosimining ko‘tarilishiga olib kelishi mumkin. Shu sabab ham hech qachon o‘zboshimchalik bilan davolanmaslik va shifokorga murojaat qilishni unutmaslik kerak.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Qon bosimining oshishiga sabab bo‘ladigan 5 odat