18:12 / 04.07.2021
3 641

Vitaminlar va biologik faol qo‘shimchalar qanday hollarda salomatlikka zarar yetkazishi mumkin?


Foto: Freepik
Salomatlik va a’zolar faoliyati uchun muhim bo‘lgan vitamin va boshqa qo‘shimchalar teskari ta’sir bermasligi hamda muammolar kelib chiqmasligi uchun shifokor ko‘rsatmasiga amal qilish kerak.

Vitaminlarni balansli ratsion bilan birga qabul qilish
Vitaminlar vaqtinchalik balansli parhezning o‘rnini bosishi mumkin, ammo butkul emas. Ayrim sabablarga ko‘ra, ratsioningizda muammo bo‘ladigan bo‘lsa, vitamin va qo‘shimchalarni qabul qilishingiz mumkin. Mavsum bilan bog‘liq vitaminlar tanqisligi o‘rnini bosish uchun qo‘shimchalardan foydalansangiz bo‘ladi, ammo doimiy ravishda emas. Qolaversa, o‘zboshimchalik qilmasdan shifokor ko‘rsatmasiga rioya qilish kerak.

Noto‘g‘ri saqlash
Vitaminlarga ham boshqa dori vositalari singari e’tiborli bo‘lish kerak. Gap shundaki, hatto bir oz noto‘g‘ri saqlangan taqdirda ham organizmga ta’siri o‘zgarishi mumkin. Aynan shu sabab ham vitaminlarni saqlash qoidalari bilan tanishib, unga rioya qilish kerak bo‘ladi.

Tarkibida kofein bisyor bo‘lgan qo‘shimchalarni qabul qilish
Kofein nafaqat qahva, balki choy, shokolad, ichimlik hatto ayrim ichimliklar tarkibida ham bo‘ladi. Ularni vitamin va qo‘shimchalar bilan birga iste’mol qilish taxikardiya, gipertoniya, uyquda muammolar kelib chiqishi va hatto yurak-qon tomir tizimi bilan bog‘liq kasalliklar keltirib chiqarishi mumkin.

Vitaminlarni och qoringa iste’mol qilish
Vitamin va mikroelementlardan faqat ayrimlarinigina och qoringa qabul qilish kerak. Qolganlarini hech nima yemasdan avval qabul qilinsa, ko‘ngil aynishi, qorinda og‘riq va boshqa yoqimsiz simptomlar paydo bo‘lishi mumkin. Har ehtimolga qarshi vitaminlarni ovqatdan keyin qabul qilish tavsiya qilinadi.

Bir-biriga to‘g‘ri kelmaydiganlarni birga qabul qilish
Qandaydir dori vositalarini vitamin va biologik faol qo‘shimchalar bilan birga qabul qilishdan ehtiyot bo‘lish kerak. Ularning aksariyati dori ta’sirini kuchaytirishi, sekinlashtirishi yoki umuman ta’sir qilmasligiga sabab bo‘lishi mumkin. Ayrimlarini hatto birga qabul qilish hayot uchun xavfli bo‘lishi mumkin. Shu sabab ham qo‘shimchalarning o‘zaro ta’sirini diqqat bilan o‘qish yoki boshqa dori ichayotganda bioqo‘shimchalarni qabul qilmaslik kerak.

Qon tahlili topshirishdan avval vitaminlar qabul qilish
Qon tahlili yoki boshqa tibbiy testlarni topshirishdan kamida bir kun avval hech qanday qo‘shimcha ichmaslik kerak. Qolaversa, shifokorga aynan qanday qo‘shimchalar ichayotganingiz haqida aytish kerak.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Vitaminlar va biologik faol qo‘shimchalar qanday hollarda salomatlikka zarar yetkazishi mumkin?