18:18 / 12.07.2021
3 295

Immunitet susayganidan darak beruvchi organizmdagi 9 simptom


Foto: Marie Claire
Organizmni bakteriya va viruslardan himoya qiluvchi immun tizimining susayishi salomatlik bilan bog‘liq turli muammolar kelib chiqishiga olib kelishi mumkin. Aynan shu sabab ham qanday belgilar immunitet «tushib ketgani»ni bildirishi haqida ma’lumotga ega bo‘lish muhim sanaladi.

Immunitet susayganini qanday bilish mumkin?Charchoq va holsizlik
Tezda charchab qolish va doimiy ravishda lohas bo‘lish immunitet susayganidan darak beradigan ilk simptom sanaladi. Tongda tiniqib uxlab tugan taqdirda ham, o‘zini holsiz his qilish jiddiy belgidir. Bu immun tizimi o‘z vazifasining uddasidan chiqolmayotgani va doimiy ravishda zo‘riqayotgani va shuning uchun ham ko‘proq energiyani o‘ziga jalb qilayotganini bildiradi.

Tana haroratining ko‘tarilishi
Ikkinchi belgi tana haroratining biroz ko‘tarilishi hisoblanadi. Biroz vaqt davomida tana haroratining 37 daraja va undan yuqori bo‘lishi organizmda qandaydir autoimmun kasallik rivojlanayotganini anglatadi. Bunga befarq bo‘lmaslik va shifokorga murojaat qilish kerak.

Teri bilan bog‘liq muammolar
Shuningdek, terida toshmalar va boshqa yallig‘lanishlar paydo bo‘lishi, terining qichishishi ham immun tizimi faoliyatida muammo borligini bildiradi. Organizmda yuz berayotgan jarayonlar terida aks etgani sabab ham o‘z vaqtida mutaxassis bilan maslahatlashish va muammo nimada ekanligini aniqlashni unutmaslik kerak.

Bosh og‘rishi
Doimiy ravishda bosh og‘rishi esa to‘rtinchi alomat. Tabiiyki, migrenga bir qancha sabab bo‘lishi mumkin, ammo og‘riq muntazam ravishda kuzatilsa, organizmda muammo bor bo‘lishi, buning oqibatida miya qon tomirlari zararlanib, bosh og‘rig‘i paydo bo‘lishi mumkin.

Ich qotishi yoki diareya
Bir necha hafta davom etadigan ich qotishi yoki diareyaga ham immun tizimidagi muammo sabab bo‘lishi mumkin. Ichaklar faoliyatining buzilishi va immun tizimi susayishida aloqadorlik bo‘lishi mumkinligi sabab ham befarq bo‘lmasdan, shifokorga murojaat qiling.

Qo‘llarning qaltirashi
Qo‘llar qaltirashining doimiy ravishda kuzatilishi ham asab va qon tomirlarning zararlanishi fonida organizmning immun tizimidagi muammo kelib chiqqanidan dalolat beradi.

Ko‘z yoki terining sarg‘ayishi 
Ko‘z yoki terining sarg‘ayishi darhol davolash talab qiladigan jiddiy simptom sanaladi. Birinchidan, bu jigar kasalligi rivojlanayotgani, ikkinchidan esa, organizmda immunitet bilan bog‘liq muammo borligini anglatadi. Shuningdek, sarg‘ayish autoimmun gepatit (immunitet yanglishib sog‘lom jigar hujayralarini zararlashi) sabab kuzatilishi ham mumkin. Immun tizimi ko‘z sohasida diskomfort paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkinligi bois ham qichishish, qizarish, achishish va og‘riq kuzatilganda muammo nimada ekanligini aniqlab olish, asoratlar rivojlanishiga olib kelmaslik kerak.

Antibiotiklarni tez-tez qabul qilish 
Tez-tez shamollaydigan va antibiotiklarni bir yilda ikki martadan ko‘proq qabul qiladiganlarning immuniteti boshqalarnikidan sustroq bo‘ladi. Uni mustahkamlash va sog‘lomlashtirish uchun esa shifokorga murojaat qilish kerak.

Immunitet susayganda organizmga qanday yordam berish mumkin?
Davo rejasini tuzish uchun, avvalo, terapevt shifokorga murojaat qilish kerak. Shifokor sizning kasallik tarixingiz bilan tanishib, qanday tahlillar topshirish kerakligini aytadi, turmush tarzi va surunkali kasalliklar bilan bog‘liq savollar beradi. Organizmdagi kasallik va muammolardan kelib chiqib sizni qaysi shifokor, masalan, endokrinolog, immunolog, dermatologga murojaat qilishingiz kerakligini aytadi. Shifokorlarning umumiy tavsiyalariga amal qilgan holda zararli taomlar va spirtli ichimliklardan voz kechilsa, sport bilan shug‘ullanish kanda qilinmasa, immunitetni mustahkamlashga erishiladi. Ichki a’zolardagi muammolar hamda autoimmun kasalliklar kompleks yondashuv va uzoq vaqt talab qiladi. Shu sabab ham organizmga «quloq solish», salomatlikni saqlash tavsiya qilinadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Immunitet susayganidan darak beruvchi organizmdagi 9 simptom