Foto: «Domashniy ochag»
Quyida keltirilgan tavsiyalar organizmning virus va boshqa infeksiyalarga qarshi kurashishiga yordam beradi.
Tiniqib uxlang
Qancha kam uxlasangiz, virus bilan kasallanish ehtimoli shuncha yuqori bo‘ladi. Gap shundaki, immun tizimi aynan kishi uxlaganida faolroq ishlaydi, bu vaqtda organizmda «bosqinchilar» bilan kurashadigan oqsil ajraladi. Kam uxlaganda yoki kechki dam yetarlicha bo‘lmaganda oqsillar kam ajralib, himoya susayadi.
Faol bo‘ling
Tadqiqotlarda hatto biroz jismoniy faol bo‘lish virus va bakteriyalar bilan kasallanish darajasini kamaytirishi aniqlangan. Qolaversa, boshqa bir qancha tadqiqotlarda jismoniy mashqlar yallig‘lanishga qarshi ta’sir qilishi hamda immunitetni mustahkamlashi tasdiqlangan.
Tinchlaning
Odam asabiylashganda organizm bor diqqatini stress bilan kurashishga qaratadi. Stress gormoni — kortizol miqdorining oshishi infeksiyalar bilan kurashadigan leykotsitlarning kamayishiga olib keladi. Shu sabab ham kuningiz qanday o‘tganidan qat’i nazar, tinchlanish va sokinlashishga harakat qiling.
C vitaminiga boy mahsulotlarni iste’mol qiling
Salomatlik bilan bog‘liq muammolarning oldini olish uchun C vitaminini nafaqat qo‘shimcha sifatida qabul qilish, balki ushbu vitaminga boy mahsulotlarni kanda qilmaslik kerak. Ushbu antioksidant immun tizimining mustahkamlanishiga hissa qo‘shadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Superligani qaysi klub tark etadi? Kumush medal kimga nasib qiladi?
O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun ayrim ma’muriy javobgarliklar bekor qilinadi
Xitoylik hakerlar AQSHdagi 150 nafar siyosatchi ortidan josuslik qilgan bo‘lishi mumkin
Germaniyalik fermerning sigiri to‘rtta buzoq tug‘di
Rossiya Buyuk Britaniya diplomatiga qarshi keskin chora qo‘lladi