5 468
Saida Mirziyoyeva Shavkat Mirziyoyevni 64 yoshga to‘lishi munosabati bilan tabrikladi
Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva
24 iyul kuni O‘zbekiston Prezidentining katta qizi, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva Shavkat Mirziyoyevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.
Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram’dagi kanaliga davlat rahbarining nabirasi Shavkatjon bilan tushgan suratni joylashtirgan. «Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin, aziz insonlarim. Alloh Sizni panohida asrasin!», — deb yozadi Mirziyoyeva.
Bloger va huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning yozishicha, Saida Mirziyoyeva o‘zining kenja o‘g‘li Shavkatjonni 2020 yilning 24 iyulida — Shavkat Mirziyoyevning tug‘ilgan kunida dunyoga keltirgan.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yilda «O‘zbekiston» nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning faoliyat xronikasi» deb nomlangan to‘plam nashrdan chiqarilgandi. Unda Shavkat Mirziyoyevning 2016 yil sentabr oyidan 2020 yil 1 yanvargacha bo‘lgan davrdagi siyosiy faoliyati solnomasi batafsil aks ettirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Superligani qaysi klub tark etadi? Kumush medal kimga nasib qiladi?
O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun ayrim ma’muriy javobgarliklar bekor qilinadi
Xitoylik hakerlar AQSHdagi 150 nafar siyosatchi ortidan josuslik qilgan bo‘lishi mumkin
Germaniyalik fermerning sigiri to‘rtta buzoq tug‘di
Rossiya Buyuk Britaniya diplomatiga qarshi keskin chora qo‘lladi