11:43 / 30.07.2021
2 837

Qanday parhez koronavirus asoratlari xavfini 40 foizga kamaytiradi


Foto: «Podrobno.uz»
Hech qanday parhez emlash va ijtimoiy masofa saqlashning o‘rnini bosa olmaydi. Ammo immunitet tizimini saqlab qolish va unga virus bilan yaxshi kurashishda yordam beradi.

Ayni kunlarda olib borilayotgan katta tadqiqot koronavirus bilan kasallanish xavfi va hatto kasallikning qanchalik og‘irligi odamning qaysi parhezga rioya qilishiga bog‘liqligini tasdiqlaydi. Ammo hech qanday parhez virusga qarshi to‘liq kafolat bermaydi va eng samarali usul bu epidemiologik choralar va emlashga rioya qilishdir.

Qanday tadqiqot?
Garvardlik mutaxassislar, London qirollik kolleji va ZOE tadqiqot kompaniyasi tadqiqotchilari Buyuk Britaniya va AQSHdan kelgan 592 571 insonlar ma’lumotini o‘rgandi. Tadqiqot ishtirokchilari ovqatlanish odatlari, yaxshi parhez, shuningdek, koronavirus bilan kasal bo‘lib qolganliklari va agar shunday bo‘lsa, kasallik qanday rivojlangani haqida to‘liq ma’lumot bergan. Ma’lum bo‘lishicha, kamida bir necha yil davomida O‘rta Yer dengizi ovqatlanish tamoyillariga rioya qilganlar, ya’ni ular ko‘proq baliq, tovuq go‘shti va boshqa go‘shtlarni iste’mol qilgan.

Shuningdek, yong‘oq va o‘simlik moylaridan yetarlicha sog‘lom yog‘lar olgan va bundan tashqari, ko‘plab yangi meva va sabzavotlarni iste’mol qilganlarda COVID-19 bilan kasallanish ehtimoli 10 foizga kam. Qolaversa, ularning kasallikning og‘ir bosqichiga duch kelish xavfi 40 foizga pastroq.

Nima uchun O‘rta Yer dengizi parhezi bunday ta’sirga ega? Tadqiqot mualliflari, avvalambor, asosiy narsa parhezning sog‘liqqa ijobiy ta’sirida ekaniga ishonadi: bunday ovqatlanish tamoyillariga amal qiladigan odamlarda, qoida tariqasida, yurak va qon-tomir kasalliklari xavfi past, shuningdek, ularning tanasida yashirin yallig‘lanish jarayonlari kamroq kuzatiladi.

Bundan tashqari, O‘rta Yer dengizi parhezi sog‘lom vaznni saqlashga yordam beradi. Tanadagi ortiqcha yog‘ to‘qimasi, ayniqsa, visseral, ya’ni bel sohasida hosil bo‘lgan yog‘ yallig‘lanishni kuchaytiradi va immunitetni susaytiradi. Albatta, hech qanday parhez organizmni virusdan himoya qila olmaydi, ammo imkon qadar sog‘lom ovqatlanish tamoyillariga rioya qilish, shu bilan tanaga yukni kamaytirish va immunitetni saqlashga arziydi.

Sog‘lom ratsionni qanday tuzish kerak?
JSST mutaxassislari tomonidan tavsiya etilgan ovqatlanish talablari juda oddiy. Xulosa qilib aytganda, oziq-ovqat juda ko‘p bo‘lmasligi kerak, iste’mol qilinadigan kaloriya miqdori ko‘p bo‘lmasligi lozim. Shunday qilib, yog‘ miqdori parhezning 30 foizidan oshmasligi zarur, to‘yingan yog‘lar umumiy ovqatlanishning 10 foizidan ko‘prog‘ini, trans yog‘lari esa 1 foizni tashkil etishi kerak.

Shakar parhezning 10 foizdan ko‘prog‘ini tashkil qilishi lozim. Agar salomatlikni asrash kerak bo‘lsa, 5 foizdan ko‘p bo‘lmasligi tavsiya etiladi. Shuningdek, bu vaziyatda diabet, yurak va qon-tomir, Alsgeymer kasalligi xavfi yanada kamayadi.
JSST tavsiyalariga ko‘ra, kuniga 5 grammdan (yoki 2 gramm toza natriydan) ko‘p bo‘lmasligi kerak. Bu yana insult  va yurak kasalliklarining oldini olishga yordam beradi.

Va nihoyat, yangi sabzavot va mevalarni yetarlicha iste’mol qilish juda muhimdir. Tavsiya etilgan doza kuniga 400 gramm (yoki 5 ta porsiya) ni tashkil qiladi. Kartoshka, shirin kartoshka, manioka va boshqa kraxmalli sabzavotlar sizning kletchatka tanqisligni to‘ldirmaydi va agar metabolik sindromga yoki diabetga moyillik bo‘lganda, ularni tekshirib turish kerak.
Albatta, sog‘lom ovqatlanish tarkibida oqsillar va uglevodlar bo‘lishi kerak. Sog‘lom parhezda oqsil barcha kaloriyalarning 25 foizini, sog‘lom uglevodlar esa 45 foizni tashkil qilishi kerak.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Qanday parhez koronavirus asoratlari xavfini 40 foizga kamaytiradi