11:53 / 13.08.2021
3 565

Bodomning inson salomatligi uchun foydali xususiyatlari

Bodomning inson salomatligi uchun foydali xususiyatlari
Foto: Getty Images
Tabiiy energiya manbasi bo‘lgan bodom boshqa ko‘plab yong‘oqlar singari foydali ozuqalar — ko‘p miqdorda kletchatka, E vitamini, oqsil va boshqa muhim komponentlarga boy. Olimlarning aniqlashicha, bodom tarkibida, taxminan, 130 xil foydali birikma mavjud.

Yurak kasalligi xavfini kamaytiradi
Bodom tarkibida bo‘lgan polifenollar (kimyoviy birikma) antioksidant ta’sirga ega bo‘lib, xolesterin miqdorini yaxshilaydi va yurak xastaligi ehtimolini kamaytiradi.

Qondagi qand miqdorini nazorat qiladi
Bodom sog‘lom ovqatlanishning bir qismi sifatida qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda glisemik holatni yaxshilaydi.

Xotirani yaxshilaydi
Bodom iste’moli tufayli kognitiv funksiya o‘rtasidagi bog‘liqlik ta’minlanadi.

Foto: Getty Images
Ichak mikroflorasini yaxshilaydi
Bodomda kletchatka va polifenollarning ko‘pligi tufayli organizmga prebiotik ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Bodom barcha yong‘oqlarning eng yaxshisimi?
Bodom tarkibida fundiq, makadamiya, pista va yong‘oqqa qaraganda kamroq yog‘ mavjud. Ammo bodom eng ko‘p kalsiy, temir, magniy, fosfor va rux moddalariga ega.

Bodom suti sigir suti o‘rnini bosa oladimi?

Foto: Getty Images
Agar laktoza bilan kelisholmasangiz, vegetarian bo‘lsangiz yoki sut mahsulotlarini yoqtirmasangiz, unda shakarsiz bodom sutini tanlang. Bunda tarkibida shakar yo‘qligiga ishonch hosil qiling, shuningdek, natriy tarkibini ham tekshirish lozim. Bodomning ba’zi xushbo‘y navlari tarkibida 230 mg gacha natriy bo‘lishi mumkin.

Bodom pastasi haqida nima deyish mumkin?

Foto: Getty Images
Yeryong‘oq yog‘ini xohlamaysizmi? Unda ozuqa qiymati jihatidan yong‘oqqa o‘xshash bodom pastasidan tatib ko‘ring. Yeryong‘oq bodomga qaraganda ko‘proq oqsilga ega, lekin ikkalasi ham to‘yimli va ovqatga bo‘lgan ishtahani yengillashtiradi.

Bundan tashqari, bodom yog‘ida E vitamini (yeryong‘og‘dan uch baravar ko‘p), kalsiy, kaliy va magniy — qon bosimini muvozanatlash uchun zarur oziq moddalar mavjud. Qo‘shimchalarsiz va tarkibida shakar bo‘lmagan bodom pastasidan oling. Yong‘oq va bodom yog‘i tarkibida faqat yong‘oq va tuz bo‘lishi lozim.

Bodom unining o‘ziga xos xususiyati nimada?

Foto: Getty Images
Yuqori proteinli bodom uni boshqa donsiz unlarga eng yaxshi alternativ hisoblanadi. Bu mahsulotning atigi 2 osh qoshig‘i organizmning E vitaminiga bo‘lgan kunlik qiymatining 15 foizigacha ta’minlay oladi. Bodom uni seliakiya kasalligi yoki glyuten yetishmovchiligi bo‘lgan odamlar uchun foydalidir, chunki u non yoki pishiriq ko‘rinishida ham bemalol bug‘doy o‘rnini bosa oladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Bodomning inson salomatligi uchun foydali xususiyatlari