Foto: «Domashniy ochag»
Odatda insonlar, ayniqsa, ayollar iloji boricha tezroq ortiqcha vaznda qutulishga urinadi. Ammo keskin vazn tashlash juda xavfli hisoblanadi.
Vaznni asta-sekin kamaytirish maqsadga muvofiq. Bu haqda barcha ovqatlanish mutaxassislari bir fikrda. Tavsiyalarga ko‘ra, bir oyda ikki kilogramm vazn tashlash me’yor hisoblanadi. Eng maqbul chegara oyiga 4 kilogramm yoki haftasiga 1 kilogramm. Agar kilogrammlar bundan ortiq bo‘lsa, tanada jiddiy muammolar paydo bo‘lishi mumkin. Nima uchun ortiqcha vazndan birdaniga qutulib bo‘lmaslikning sabablari bilan quyida tanishing.
Miya faolligi kamayadi
uB kunlik kaloriya miqdorini keskin kamaytirgan yoki vaqti-vaqti bilan ochlikda yurib, vazn yo‘qotadiganlar uchun tegishli. Tanaga energiya, ozuqa moddalari va vitaminlarning keskin yetishmasligi tufayli muammolar kelib chiqadi. Tanadagi barcha energiyaning taqsimlash bilan shug‘ullanadigan miya chalkashadi. Axir, qabul qilingan energiyaning 20 foizi aqliy faoliyatga sarflanishi kerak. Miya ovqat yetishmasligidan aziyat chekib, tejashni boshlaydi. Shuning uchun, qat’iy parhezda bo‘lgan odamlar doimo «muzlab qolishadi», konsentratsiya va kundalik vazifalarni bajarishda qiyinchiliklarga duch keladi. Ular tez-tez uyquchanlik va biroz befarqlikni his qilishadi, hatto ish bilan band bo‘lganida ham diqqatni jamlashga qiynaladi.
Kayfiyat tushadi
Bunday vaziyatda kayfiyat o‘zgarishi, asabiylashish va hatto tushkunlikka tushish mumkin. Buning oldini olish uchun do‘stlar bilan ziyofatga borish mumkin. Ammo bu ham taqiqlangan, sababi parhez buzilishining ehtimoli mavjud.
Immunitetning pasayishi va stressning ortishi
Bu kaloriya, vitamin va minerallarning katta tanqisligi va bu holatda tanaga tushadigan muqarrar stress tufayli sodir bo‘ladi. Shu sababli qondagi kortizol miqdori oshadi, bu esa virus va bakteriyalarga qarshi immunitet reaksiyasini rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Zaiflashgan organizm yuqumli kasalliklarga ko‘proq moyil bo‘ladi.
Gormonal o‘zgarish yuz beradi
Tanamiz shunday tuzilganki, unga ozuqa moddalari yetishmasa, hamma narsani butun tizimni saqlash uchun zarur energiya ishlab chiqarishga sarflaydi. Bu ma’lum gormonlar yetishmasligiga olib keladi: serotonin, dofamin, oksitotsin, kortizol va leptin. Gormonal tizimning faoliyati «parchalana» boshlaydi. Reproduktiv tizimning ishlamay qolishi boshlanishi mumkin.
Ovqat hazm qilish tizimining ishi buziladi
Sababi aniq. Ilgari oshqozon-ichak trakti bir maromda ishlayotgan vaqtda kam yuklanish ham zararli bo‘lishi mumkin. Birdaniga vazn yo‘qotish jig‘ildon qaynashini keltirib chiqaradi, gaz ishlab chiqarishni ko‘paytiradi, ko‘ngil aynishi va yallig‘lanishni kuzatiladi. Tez vazn yo‘qotish ham o‘t toshlarining paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Gap shundaki, jigar yog‘ni eritish paytida xolesterin ishlab chiqaradi u ortiqcha safro kristallanadi, natijada toshga aylanadi.
Yurak va qon tomirlari zo‘riqadi
Ma’lumki, ortiqcha vazn yurak va qon tomirlari bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqaradi! Lekin xulosaga shoshilmaslik kerak. Bu organlar bir xil sharoitda ishlashga o‘rganib qolgan, keyin esa boshqacha ishlashga majbur. Qon miqdori kamayadi, lekin tomirlar qisqa vaqt ichida kerakli hajmgacha torayishga ulgurmaydi. Shu tufayli qon bosimining ko‘tarilishi, aritmiya va boshqa kutilmagan hodisalarni keltirib chiqaradi.
Buyrak funksiyasi buziladi
Buyraklarda uchta himoya kapsulasi bor, ulardan biri yog‘li. Biror kishi keskin vazn yo‘qotganda, tana bu kapsuladan yog‘ni so‘rishni boshlaydi, shuning uchun buyraklar qurishni boshlaydi. Buning oxiri yaxshilikka olib kelmaydi.
Mushaklar tonusi pasayadi
Bu ortiqcha vazndan qutulish jarayonida yuz beradigan holat. Albatta, bu kaloriya tanqisligining muqarrar oqibati – metabolik jarayonlarning sekinlashishidir. Hamma narsa sekinlashadi, mushaklar tonusi pasayadi.
Teri ko‘rinishiga putur yetadi
Bu muammolar ichida eng achinarlisi. Ko‘pchilik sezilarli darajada ozgan odamning terisi avvalgidek tarang va yosh ko‘rinishda bo‘lmasligini biladi. Va bu mutlaqo tabiiy hodisa. Semizlik natijasida tortilgan tarang teri birdaniga vazn tashlagandan so‘ng ajinlar ko‘payib ketadi. Ehtimol, terining rangi o‘zgarishi ham mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Superligani qaysi klub tark etadi? Kumush medal kimga nasib qiladi?
O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun ayrim ma’muriy javobgarliklar bekor qilinadi
Xitoylik hakerlar AQSHdagi 150 nafar siyosatchi ortidan josuslik qilgan bo‘lishi mumkin
Germaniyalik fermerning sigiri to‘rtta buzoq tug‘di
Rossiya Buyuk Britaniya diplomatiga qarshi keskin chora qo‘lladi