Foto: Pinterest
Aksariyat insonlar qorinda yig‘iladigan gazdan aziyat chekadi. Ammo buning oldini olishni o‘ylamaydi. Faqatgina dori vositalari bilan bartaraf etish choralarini ko‘radi. Ammo ratsionni qayta tuzish orqali oshqozonga yordam berish mumkin.
Uzum
Har qanday uzum iste’mol qilinganda oshqozon uni hazm qilishga qiynaladi. Fruktozaga boy bo‘lgan ushbu meva gaz ishlab chiqaradi va muqarrar ravishda qorin shishishiga olib keladi. Gap shundaki, oshqozon hazm qilish uchun har doim ham kerakli miqdorda ishlab chiqarilmaydigan ba’zi fermentlarni talab qiladi. Bu olma, shaftoli, qovun va nok uchun ham amal qiladi. Bundan tashqari, uzum juda yuqori kaloriya hisoblanadi, shuning uchun uni kamroq va faqat desert sifatida iste’mol qilish tavsiya etiladi.
Karam
Karam o‘zi nihoyatda foydali sabzavot: u kletchatka, turli xil minerallar va K vitaminiga boy, lekin tor ko‘ylak kiyadiganlar undan voz kechgani ma’qul. Chunki karam ham qorinning dam bo‘lishi hamda shishiga olib keladi. Qovurilgan yoki qaynatilgan karamni esa istalgan vaqtda yeyish mumkin.
Non va un mahsulotlari
Asosan, oq undan tayyorlangan non va har qanday un mahsulotlarining issig‘i cheklangan bo‘lishi kerak, chunki u organizmga ortiqcha uglevod yukidan boshqa hech narsa keltirmaydi. Non tayyorlashda ishlatiladigan xamirturush va shakar oshqozonda gaz hosil bo‘lishini va fermentatsiyasini qo‘zg‘atadi. Natijada qorin shishadi va boshqa ko‘plab noqulay his-tuyg‘ular paydo bo‘ladi. Nondan umuman voz kecha olmaydiganlar donli undan tayyorlangan, xamirturushsiz variantlarni tanlashi mumkin.
Murabbo bilan tvorog
Barcha sut mahsulotlaridagi laktoza bakteriyalari qorinni shishiradi va ovqat hazm qilish qiyinlashadi, ayniqsa, agar ular meva va shakar bilan iste’mol qilinsa, vaziyat keskin yomonlashishi mumkin. Ovqat hazm qilish uchun bunday kombinatsiya qiyinchilik tug‘diradi: oqsillar uzoq vaqt parchalanadi va shu orada shirinlik achiy boshlaydi. Aytgancha, bu sutli qahvaga ham tegishli.
Gazli suv
Shirin gazlangan ichimliklarni ham diyetologlar ichishni tavsiya etmaydi. Oddiy gazli ichimliklarda havo pufakchalari bor, bu tabiiy ravishda oshqozon hajmining oshishiga olib keladi. Qorin shishishi 3-4 soatgacha davom etishi va og‘irlik hamda bezovtalik bilan kechishi mumkin. Bu mineral suvdan butunlay voz kechish uchun sabab emas, chunki u juda foydali. Shuning uchun me’yorni unutmaslik kerak. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Superligani qaysi klub tark etadi? Kumush medal kimga nasib qiladi?
O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun ayrim ma’muriy javobgarliklar bekor qilinadi
Xitoylik hakerlar AQSHdagi 150 nafar siyosatchi ortidan josuslik qilgan bo‘lishi mumkin
Germaniyalik fermerning sigiri to‘rtta buzoq tug‘di
Rossiya Buyuk Britaniya diplomatiga qarshi keskin chora qo‘lladi